Özgidromet Avgust oyining oxirgi kunlarida va 1—3 sentyabr bayram kunlarida kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Maʼlum qilinişiça, havo harorati 30—31 avgustda kunduz kunlari 31-35 daraja atrofida, janubda 37 darajagaça böladi. 1 sentyabrdan respublika hududi böyiça harorat foni asta-sekin pasayadi va 2—3 sentyabrda harorat 28-31 daraja atrofida böladi. Harorat keçalari 13-15 darajagaça pasayadi.
Nisbatan salqin havoning kirib kelişi baʼzi joylarda şamol tezligi 15-20 metr/sekundgaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözon bilan qayd etiladi.
Toşkentda 30—31 avgust va 1—3 sentyabr kunlari havo asosan oçiq böladi. Şamol 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, 1—2 sentyabrda 10-14 metr/sekundgaça kuçayişi mumkin.
Harorat asosan keçalari 15-18 daraja, 3 sentyabrda 13-15 daraja, kunduz kunlari 30—31 avgust va 1 sentyabrda 30-34 daraja, 2—3 sentyabrda 28-30 daraja böladi.









