Özbekistonda dam oliş kunlari ob-havo qanday bölişi maʼlum qilindi

Özbekistonda dam oliş kunlari ob-havo qanday bölişi maʼlum qilindi

Dam oliş kunlari respublika böyiça yomğir yoğadi, baʼzi joylarda kuçli bölişi mumkin, deya xabar qilmoqda Özbekiston Gidrometeorologiya xizmati. Qoraqalpoğistonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yoğingarçilik bölişi ehtimoli kamroq. Havo harorati keçalari 2-7° iliqgaça, kunduz kunlari 8-13° iliqgaça pasayadi.

Uşbu haftada mamlakatimizning barça hududlarida havo harorati fevral oyining ikkinçi yarmi uçun meʼyoriy qiymatlaridan 13-17° ga yuqori bölgan juda iliq bahoriy ob-havo kuzatildi. 16 fevraldan 18 fevralgaça bölgan davrda maksimal harorat baʼzi joylarda şu kunlarning köp yillik rekordidan oşdi.

Keça kunduz kuni havo 25-28° gaça, janubda 30-32° gaça isidi. Bu meteorologik kuzatuvlarning butun davri davomida 18 fevral kuni uçun eng yuqori harorat qiymatlaridir.

Bugun ob-havo özgara boşladi, osmonni ziç bulutlar qopladi, şimoli-ğarbiy hududlarda qorga aylanadigan yomğirlar boşlandi. Ob-havo özgarişiga bugun mamlakatimizga Kavkaz hududlaridan kirib kelayotgan sovuq va nam antitsiklon sababçidir.

Kun davomida respublikaning barça hududlarida baʼzi joylarda yomğir, şimolda qor yoğadi. Faqat Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida yoğingarçilik bölişi ehtimoli kamroq. Baʼzi joylarda şamol 17-22 m/s gaça kuçayadi, baʼzida esa 25-30 m/s gaça kuçayişi mumkin. Havo harorati 15-20° iliq atrofida böladi, şimolda 0-5° iliqdan oşmaydi.

Dam oliş kunlarida antitsiklon taʼsiri saqlanib turadi, respublika böyiça vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, baʼzi joylarda kuçli bölişi mumkin. Qoraqalpoğistonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Havo harorati keçalari 2-7° iliqgaça, kunduz kunlari 8-13° iliqgaça pasayadi. Örtaça keça-kunduzlik havo harorati meʼyorga yaqinlaşadi.

×