Dam oliş kunlari Özbekiston hududining katta qismida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda “Özgidromet”.
Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida baʼzi joylarda mahalliy xususiyatga ega bölgan qisqa muddatli yomğir yoğadi va momaqaldiroq böladi, sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.
Havo harorati ötgan iş haftasiga nisbatan bir oz yuqori bölib, 34-39 darajani taşkil etadi, janubda baʼzi joylarda 40-41 darajagaça böladi.
Şamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 13-18 metr/sekundgaça kuçayadi, ayrim joylarda çang-tözon bilan kuzatiladi.
Toşkentda dam oliş kunlari havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat keçasi 22-24 daraja, kunduzi 35-38 daraja böladi.









