Qoraqalpoğiston voqealari böyiça sud jarayonlari boşlanmoqda

Qoraqalpoğiston voqealari böyiça sud jarayonlari boşlanmoqda

Joriy yilning iyul oyida Qoraqalpoğistonda bölib ötgan voqealar böyiça sud jarayonlari 28 noyabr kuni boşlanadi.


28 noyabr, duşanba kuni Qoraqalpoğistonda 1−2 iyul voqealari iştirokçilari ustidan sud boşlanadi, deb xabar qildi parlamentning uşbu voqealarni örganiş böyiça mustaqil komissiyasi.

Sud böyiça boşqa tafsilotlar maʼlum qilinmadi. Mustaqil komissiya şu kunga qadar Komissiya aʼzolari taklifi va Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi iltimosnomasiga köra, Boş prokuratura tomonidan 107 nafar ayblanuvçi jamoat kafilligi va qamoq ehtiyot çorasi insonparvarlik tamoyili asosida uy qamoği tarzidagi ehtiyot çorasiga almaştirilişi orqali öz oilasi bağriga qaytarilganini eslatib ötdi.

Komissiya aʼzolari sud jarayonlarida ham kuzatuvçi sifatida iştirok etişadi.

×