Şavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga hamdardlik yölladi

Şavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga hamdardlik yölladi

Turkiyada 7 balli zilzila röy berib, oqibatda köplab odamlar halok böldi. Şavkat Mirziyoyev prezident Rejep Tayyip Erdoğanga hamdardlik yölladi. Özbekiston TIV hozirça zilzilada özbekistonliklar jabrlangani böyiça murojaat kelib tuşmaganini maʼlum qildi.


Turkiyaning janubi-şarqiy qismidagi viloyatlarda 6 fevral kuni yuz bergan kuçli zilzila oqibatida köplab odamlar qurbon bölgani va jiddiy jarohat olgani maʼlum qilingandi. Şu munosabat bilan Şavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdoğanga hamdardlik yölladi, deb xabar bermoqda Özbekiston prezidenti matbuot kotibi.

Qardoş Turkiya yetakçisi va xalqiga çuqur taʼziya izhor etib, davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez fursatda soğayib ketişini tiladi, — deya qayd etiladi Şerzod Asadov bergan axborotda.

Zilzila töğrisida Özbekiston Taşqi işlar vazirligi ham maʼlumot berdi. Taʼkidlanişiça, 6 fevral Toşkent vaqti bilan soat 11:00 holatiga köra, mamlakatning Turkiyadagi diplomatik vakolatxonalariga zilzila oqibatida halok bölgan va jarohatlangan Özbekiston fuqarolari böyiça maʼlumot kelib tuşmagan.


Özbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Anqaradagi elçixonasi (+90−312−441−38−71, +90−312−441−17−46) va/yoki Istanbuldagi Boş konsulxonasiga (+90−212−323−20−37, +90−212−323−20−39) murojaat qilişlari mumkin, — deyiladi vazirlik bayonotida.

TIV rahbari vazifasini bajaruvçi Baxtiyor Saidov ham hamdardlik bildirib, «Turkiya xalqi uçun juda oğir damlarda birodarlarimizni qöllab-quvvatlaymiz», deya Telegram kanalida post qoldirdi.

Anadolu agentligining Twitter`da mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib xabar berişiça, soat 04:17 da Qahramonmaraş viloyatining Pazarjik tumanida 7,4 magnitudali, 04:27 da Gaziantep viloyatidagi Nurdagi tumanida 6,6 magnitudali va 04:36 da şu viloyatning Islahiye viloyatida 6,5 magnitudali zilzila qayd etilgan.

RIA Novosti yangilangan maʼlumotlariga köra, zilzila oqibatida 284 kişi halok böldi, 2383 kişi jarohat oldi. Bu haqda vitse-prezident maʼlum qilgan.

Teglar:
×