Şavkat Mirziyoyev bitiruvçilarga tabrik yölladi

Şavkat Mirziyoyev bitiruvçilarga tabrik yölladi

Bugun, 25 may kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mizriyoyev maktab bitiruvçilariga öz tabrigini yölladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.


Tabrik matbida aytilişiça, ayni kunda 472 ming nafar yoşlar maktabni bitirmoqda.

“Bugun mamlakatimizdagi barça umumtaʼlim maktablarida “sönggi qönğiroq”lar yangrab, bayram tadbirlari bölib ötmoqda. Mana şu hayajonli damlarda 472 ming nafar öğil-qizlarimiz maktab taʼlimini tugatib, katta hayotga yöllanma olmoqda. Ana şunday unutilmas ayyom bilan barçangizni çin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Joriy yil birinçi marta 11 ming nafardan ziyod farzandlarimiz maktabni oltin va kumuş medallar bilan tamomlamoqda. Bunday intiluvçan öğil-qizlarimiz kelajakda ham öz tengdoşlariga namuna bölib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşadi deb işonaman”, deyiladi Prezident tabrigida.

Qöşimça qilinişiça, bitiruvçilarning 171 nafari allaqaçon dunyoning yetakçi universitetlariga öqişga qabul qilingan.

“Mamlakatimizda 207 ta oliygoh va 643 ta texnikum sizlarga zamonaviy bilim, kasb va malaka berişga tayyor. Tirişqoq, öz kuçiga işongan yoşlarimiz hali maktabni tugatmasdan turib, yurtimizdagi, çet eldagi nufuzli oliygohlarga kirişga ulgurdi. Masalan, 171 nafar yoşlarimiz dunyoning yetakçi universitetlariga, yana minglab bitiruvçilar mamlakatimizdagi oliygohlarga qabul qilindi. Ana şu farzandlarimni, ularning ota-onalari va ustozlarini bunday yutuqlari bilan çin dildan tabriklayman.
Aziz bitiruvçilar!
Özingiz köryapsiz, bugun hayot ham, mehnat bozoridagi talab ham şiddat bilan özgarib bormoqda. Yangi-yangi kasblar paydo bölyapti. Til, kasb, kompyuter savodxonligi va mustaqil daromad topiş könikmasini egallaş muhim zaruratga aylanmoqda. Mehnat bozori endi, avvalo, “hujjat” emas, amaliy bilim, malaka va natija sörayapti.
Bugun qişloqdagi oddiy maktab bitiruvçisi ertaga dunyo tan oladigan olim böladi. Bugun oldiga katta maqsadlar qöygan, intiluvçan, izlanuvçan yoşlarimiz ertaga millionlab insonlarga xizmat qiladigan texnologiyalarni yaratadi. Bugun kitob öqiyotgan bir qizaloq ertaga mamlakat taraqqiyotini yangi bosqiçga olib çiqadigan farzandlarni tarbiyalaydi.
Şu bois, har biringiz kamida bittadan xorijiy til va zamonaviy kasbni egallaşga harakat qiling. Bu kelajakka oçilgan eşik, siz uçun qöşimça imkoniyat va rağbatdir”, deyiladi tabrikda.

Şuningdek, Prezident startap loyihalarni boşlagan bitiruvçilarga 100 million dollar tayyorlab qöyilganini ham qöşimça qilgan.

“Tadbirkor bölişni istaydigan yoşlarimiz uçun banklar joriy yil 25 trillion söm arzon kreditlar taklif etmoqda. Startap loyihalarini boşlagan bitiruvçilarga esa 100 million dollar mablağ tayyorlab qöyganmiz. Eng yirik AT kompaniyalar har yili kamida 50 ming bitiruvçini sunʼiy intellekt böyiça öqitib, yuqori daromadli işga joylaştirişga tayyor. Kelgusi yillarda 168 ming gektar super intensiv sanoatlaşgan boğlar taşkil qilamiz. Mazkur loyihalarda qatnaşmoqçi bölgan bolalarimni men doim qöllab-quvvatlayman”, deydi Şavkat Mirziyoyev.

Şu bilan birga, Prezident sport sohasida yuksak poğonaga erişgan yoşlarni misol qilib, bugungi bitiruvçilar orasida ham yangi qahramonlar çiqişiga umid bildirgan.

“Bugungi hayotimizda sizlar uçun örnak böladigan yutuqlarimiz, yoş-yoş qahramonlarimiz köp. Tört-beş yil oldin maktabni tugatgan Javohir Sindorov, Nodirbek Abdusattorov, Abduqodir Husanov kabi maşhur sportçilarimiz şaxmat va futbol olamida butun dunyoni qoyil qoldirmoqda. Yoş kino ijodkorlarimiz jahondagi obröli kino anjumanlaridan biri bölgan Kann festivalida gran-pri mukofotini olişga sazovor böldi. Kuni keça futbol böyiça milliy terma jamoamizni jahon çempionatiga katta tantana bilan kuzatdik.
Men işonaman, sizlarning orangizdan ham ana şunday millat qahramonlari, Yangi Özbekiston iftixorlari yetişib çiqadi!
Siz bugun maktabni tugatdingiz, lekin katta hayot maktabi endi boşlanmoqda. Men sizlarga ana şunday tengsiz baxt, yuksak saodat egasi bölişlaringizni tilayman. Oldingizga katta maqsadlar qöyişdan heç qaçon qörqmang! Özingizga işonib, hamişa olğa boring! Doimo özgarişlar, islohotlar ruhi bilan yaşaydigan avlod böling! Şu yöldagi ilk qadamlaringiz qutluğ va barakali bölsin! Barçangizga baxt va omad hamişa yor bölsin, aziz farzandlarim!” deyiladi tabrikda.


×