Toşkent viloyati Oqqörğon tumanida yoş kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Aytilişiça, ular gaz peçkadan foydalanişgan.
Hozirça bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy maʼlumot bermadi. Mazkur fojia bir neça kun oldin sodir bölgani taʼkidlanmoqda.

Maʼlum bölişiça, uşbu turdagi peçlarga gaz quvurlarini ulab uyni isitiş xavfsizlikka kafolat bera olmaydi. Lekin qişloq joylarda asosan şu usuldan foydalanişadi.
Şuningdek, çiroq öçişi va gaz yöqligi oddiy holga aylangan köplab uylarda şunday peçlar va tappiyu kömirlardan foydalaniş urfga kirgan. Şuning uçun ham odamlar sovuqqa qayğurganidan xavfsizlik qoidalari haqida unutadilar.









