Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand şahridagi dorixonalardan xarid qilingan “Dok-1 Maks” tabletka va sirop dori vositalarini qabul qilgandan söng bemorlarda turli nojöya taʼsirlar kuzatilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi uşbu vaziyatni darhol nazoratga oldi. Bemorlar ahvolini örganiş va holat sabablarini aniqlaş maqsadida tezkor mutaxassislar guruhi tuzildi.
Uning tarkibiga agentlik hamda Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlaştiriş Davlat markazining malakali mutaxassislari kiritildi.
Samarqanddagi dorixonalardan xarid qilingan Hindistoning Marion Biotech Pvt. Ltd kompaniyasiga tegişli “Dok-1 Maks” tabletka va limon va asal taʼmli sirop dori vositalari örnatilgan tartibda ekspertizadan ötkazilmoqda. Laboratoriya tahlillari yakunlangaç, uning natijalari haqida eʼlon qilinadi.
Uşbu dori vositalarining yurtimizdagi savdosi 2022 yil 22 dekabrdan vaqtinça töxtatildi va bu haqda “Quramax Medical” MÇJ tomonidan realizatsiya qilingan taşkilotlarga xabar yuborildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan hujjatga va maʼlumotlarga köra, yuqoridagi dori vositasidan foydalangan 17 nafar bolaning ahvoli oğirlaşgan, 15 nafari vafot etgan.
Bu raqamlar borasida hali rasmiy manbalar maʼlumot bergani yöq.
Mutasaddi taşkilotlardan bu borada izoh kutib qolamiz.










