Boş prokuratura Toşkent viloyati Angren şahrida 11 yoşli qiz «Tseftriakson» dori vositasi sabab vafot etgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan maʼlumot berdi.
Özini marhumaning opasi deya taniştirgan Sevdo Tillayeva ismli Facebook foydalanuvçisining yozişiça, 19 oktyabr kuni şifokor retsepti bilan 11 yoşli singlisi G.R.ga «Tseftriakson» qilingan va 3 daqiqa içida inʼektsiya reaktsiya bera boşlagan (köngil ayniş, tirnoqlari kökara boşlagan, qovoqlarida jigarrang halqalar paydo bölgan, közlari qizarib ketgan). Ukoldan 10 daqiqa ötib, qiz Angren şahridagi bolalar şifoxonasiga yetkazilgan.
Körsatilgan yordamga qaramay, 20 oktyabr kuni qizça vafot etgan. Şifokorlar xulosasiga köra, unda bronxit va anafilaktik şok kuzatilgan.
«Singlimda surunkali bronxit borligi sabab u oldin ham bir neça bor ‘Seftriaksion’ olgan. Şifokorlarning sözlariga köra, bu Angrendagi uçinçi ölim holati, dorixonalarda esa uşbu inʼektsiya sotilmoqda. Bu vosita Rossiyadan olib kelingani aniqlandi, dori vositalarining yarmidan köpi sotuvdan qaytarilgan bölsa-da, bir qismi tarqalib ketgan», — deb yozadi u.
Boş prokuror matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning yozişiça, mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi ötkazilgan. Dastlabki maʼlumotga köra, marhum G.R.ning ölimi qonning suyuq holatdaligi, içki aʼzolarning kam qonligi, köz qovoqlarining ötuvçi pardalari, öpka, vitseral varaği ostida, yurak epikardida mayda nuqtaçalar körinişidagi qon quyilişlari, boş miya va öpka şişi, içki aʼzolarining suvsizlanişi, anaflaktik şok, ötkir yurak-qon tomir yetişmovçiligi, nafas yöllarining yalliğlanişi, tarxeit, bronxit, ikki tomonlama öpkalar yalliğlanişi, gastroenterokolit oqibatida yuzaga kelganligi körsatib ötilgan.
Angren şahar prokuraturasi tomonidan uşbu holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilmoqda. Toşkent viloyati prokuraturasi tomonidan nazorat örnatilgan.









