5 yilda qança mansabdor korruptsiya uçun jazolangani aytildi

5 yilda qança mansabdor korruptsiya uçun jazolangani aytildi

Oxirgi 5 yilda Özbekistonda korruptsion jinoyatga qöl urib, jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor şaxslar soni 14 mingdan oşgan. Bu haqda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov joriy yilning 16 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi prokuratura organlari taşkil etilganligining 30 yilligiga bağişlangan konferentsiyadagi nutqida aytib ötdi.

Öz nutqida adliya vaziri jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlaş, qonuniylikni mustahkamlaş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qilişda prokuratura organlarining roliga töxtalib ötdi.

Vazirning taʼkidlaşiça, Konstitutsiyaning 118-moddasida Özbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilişi ustidan nazoratni Boş prokuror va unga böysunuvçi prokurorlar amalga oşirişi belgilangan. Uşbu faoliyat oxirgi yillarda jamoatçlikning köz oldida rivojlanib bormoqda. Xususan, oxirgi 3 yilda prokuratura organlari tomonidan qonuniylikni taʼminlaş maqsadida jami 540 mingdan ortiq prokuror hujjatlari qöllanilgan.

Oxirgi 5 yil davomida Özbekistonda korruptsion qilmişni sodir etib, jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor şaxslar soni 14 mingdan oşgan. Şulardan 160 nafardan ortiği respublika miqyosidagi, 1 270 nafardan ortiği viloyat miqyosidagi hamda 13 ming nafardan ortiği tuman miqyosidagi mansabdor şaxslar.

Qayd etilişiça, joriy yilning ötgan 6 oyida 140 mingdan ortiq fuqaroning murojaati hal etilib, 23 mingga yaqin şaxsning buzilgan huquqlari tiklangan.

“Şu bilan birga, tan oliş kerak, faqatgina prokuraturaning bir özi qonuniylikni töliq taʼminlay olmaydi. Bu jarayonlarda boşqa organlar ham, jamoatçilik ham faol iştirok etişi kerak. Nazorat-tekşiruv sohasi hali hamon islohotga muhtoj. Bu örinda biz bugungi kunda respublikadagi turli davlat boşqaruv organlari tarkibidagi 50 dan ortiq nazorat-tekşiruv idoralarini nazarda tutayapmiz. Ularning 10 dan ortiği özlari tekşirişi kerak bölgan vazirlik va idoralarga böysunadi. Bir idorada ham tekşiruvçi, ham tekşiriluvçi böladigan bölsa, bu yerda manfaatlar töqnaşuvi ortidan qandaydir qonun buziliş holatlari kelib çiqadi”, deydi Ruslanbek Davletov..

Adliya vazirining fikriga köra, prokuratura organlari har bir qadamni nazorat qila olmaydi. Bunga resurs yetmaydi. Qolaversa, heç bir davlatda bunday holat ham mavjud emas. Şundan kelib çiqib, nazorat-tekşiruv idoralari tizimini isloh qilib, prokuratura bilan hamkorligini samarali tarzda yölga qöyolsak, bu qonun ustuvorligini taʼminlaş nuqtai nazaridan ançagina foydali böladi. 

×