FVV respublikada kuzatilayotgan özgaruvçan ob-havo şaroiti sababli aholini sel xavfidan ogohlantirmoqda.
«Sel xavfi tufayli toğli va toğoldi hududlarda istiqomat qiluvçi aholi, dam oliş maskanlarida dam oluvçilar va uşbu hududlarda harakatlanuvçi haydovçilar, şuningdek, çorva mollarini boquvçilardan ehtiyotkorlik çoralarini körişni söraymiz», – deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etilişiça, sel - katta miqdorda toğ toşlari, qum va tuproq jinslari bilan birgalikda toğdan oqib tuşuvçi suv oqimi bölib, muntazam jala quyişi (85 foiz holatlarda), toğ qorlarining erişi (4 foiz hollarida), toğ suv havzalari, suv omborlari, muzlagan suv havzalari qirğoqlarining öpirilib ketişi (1,3 foiz hollarida) va boşqa sabablar (9,7 foiz hollarda) olib kelişi mumkin.
Katta hajmga va yuqori tezlikka ega bölgan sel oqimi, yölidagi barça binolarni, aholi yaşaydigan uylarni, gidrotexnik inşootlarni buzib, qişloq xöjalik ekinlarini, boğlarni payhon qiladi. Odamlar va hayvonlarni nobud qiladi.
Özbekiston Respublikasidagi barça toğ va toğ oldi hududlari sel xavfi bölgan zonalarga kiritilgan. Respublikaning Namangan (19 foiz), Farğona (14 foiz), Surxondaryo (13 foiz), Toşkent (12 foiz), Samarkand (12 foiz) va Qaşqadaryo viloyatlari (12 foiz) hududlari suv toşqini-sel xavfi mavjud hududlardan hisoblanadi.
Sel oqimi vujudga kelişi aprel va may oylariga töğri keladi, bu davrda toğ va toğ oldi hududlarida köp yomğir yoğişi kuzatilgan.
Sel xavfi bölganda aholining harakati böyiça tavsiyalar:
- Sel xavfi bölgan hududlarda yaşovçi har bir kişi uning uyi, xöjaligini sel keliş hududida joylaşganligi haqidagi maʼlumotga ega bölişi kerak va Özgidromet, FVV/FVB, hokimiyatlar vakillari tomonidan berilgan körsatmalardagi sel va suv toşqinidan himoya qiliş yöl-yöriqlariga albatta amal qilişi lozim.
- Sel oqimining ötişi va uning oqibatlari katta moddiy zarar keltirib, odamlar hayot va soğliğiga xavf tuğdirişi mumkin (sel oqibatida odamlarning qurbon bölganligi bir neça marta qayd qilingan).
- Sel oqimlaridan faqat qoçib qutiliş mumkin. Sel xavfi töğrisida habar eşitgandan söng darhol xavfsiz joyga köçiş harakatlarini qiliş kerak. Sel oqimining tez fursatda şakllanişi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatiş va muhofaza tadbirlarini bajariş uçun vaqt juda çegaralanganligini (bir neça daqiqadan 10-20 daqiqagaça bölişi mumkin) doimo yodda tutiş lozim.
- Sel oqimidan xalos bölişning iloji bölmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror balandroq moslamalar ustiga çiqiş kerak. Odatda sel 3-5 soat vaqt davom etişi mumkin.
- Sel oqimi ötgandan söng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv taʼminotining sozligini tekşiriş zarur.
Sel oqibatlarini kamaytiriş böyiça ötkaziladigan tadbirlar:
- Doimo sel-suv toşqini röy berişi ehtimol bölgan hududlarda joylaşgan uy-joylar va boşqa obʼektlar röyxati aniqlanib turiladi, aholi va obʼektlarni muhofaza qiliş uçun ötkaziladigan tadbirlarning yöl-yöriqlari körsatilgan tegişli tavsiyanomalar tarqatiladi.
- Sel oqimi xavfi bölgan joylarda işlab çiqariş muassasalari va uy-joylarni işonçli muhofaza inşootlari bölmagan va Özgidromet bilan kelişilmagan holda quriş qatʼiyan man etiladi.
- Sel xavfi yuzaga kelganda kuzatuv va xabar beriş xizmati taşkil etiladi.
Quyidagi agrotexnik tadbirlar amalga oşiriladi:
- yonbağirlarda yerga köndalangiga işlov beriş, toğ yonbağirlarini poğona-poğona qiliş, toğ adirlarida suv yöllari oçiş, yer haydalib ekiladigan ekinlarni ekişga yöl qöymaslik, yemirilişga qarşi tadbirlarni amalga oşiriş, daryo özanlari, toğ adirlarida örmonçilikni taşkil etiş va ularni saqlaş.
- Sel omborlari, selni uşlab turuvçi, selni boşqaruvçi va selga qarşi gidrotexnik inşoot, selxonalarni quriş işlari amalga oşiriladi.
Gidrometeorologik hodisalarni kuzatiş va nazorat qiliş:
- Özgidromet va uning bölinmalari tomonidan Özbekiston Respublikasi xuzuridagi sel-toşqin va qor köçkilari ehtimoli mavjud zonalarni aniqlaş, tekşiriş va dala kuzatişlar yöli bilan amalga oşiriladi.
- Köp yillik kuzatişlar mobaynida Özbekiston hududida sel toşiş ehtimoli aprel-iyun oylarida bir munça faollaşuvi qayd etilgan va sodir bölgan hodisalar quyidagiça taqsimlangan: aprel oyida 30 foiz, may oyida 36 foiz, iyun oyida 14 foiz.









