zbekiston Respublikasi Qonunçilik palatasi deputatlari Doniyor Ğaniyev va Nodir Tilavoldiyev Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga deputatlik sörovi yubordi. Bu haqda deputat Ğaniyev ijtimoiy tarmoqdani sahifasida maʼlum qildi.
Deputatlar Qaşqadaryo viloyatida amalga oşirilayotgan Şörtan gaz-kimyo kompleksining metan tozalaş bazasida sintetik suyuq yoqilği işlab çiqariş uçun qurilayotgan "Uzbekistan GTL" zavodi loyihasi doirasida boş pudratçi “Enter Engineering Pte. Ltd.” injiniring kompaniyaci tomonidan 900 ga yaqin bangladeşlik mehnat migrantlari jalb qilinişi yuzasidan yuborilgan.
Mazkur masala böyiça Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan bildirilgan munosabatda “Özbekneftgaz” AJ yoki loyiha boş pudratçisi “Enter Engineering Pte. Ltd.” kompaniyasi Özbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi tasdiqnomani oliş uçun Taşqi mehnat migratsiyasiga murojaat qilmaganligi bayon etilgan”, deydi Ğaniyev.
Deputat Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 martdagi “Özbekiston Respublikasiga xorijdan işçi kuçini jalb qiliş va undan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş xaqida”gi 244-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda iş beruvçilar tomonidan Respublikaga xorijdan işçi kuçini ruxsatnoma olmay jalb qiliş, çet el fuqarolariga esa mamlakat hududida tasdiqnoma olmasdan mehnat faoliyatini amalga oşirişi taqiqlanganini eslatgan.
“Bu esa loyihaga bangladeşlik işçilarni olib kelinişi bugungi pandemiya jarayonida nafaqat örinsiz qaror ekanligini, balki katta ehtimol bilan qonunga zid tarzda amalga oşirilganligini anglatadi.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, hamkasbim deputat N.Tilavoldiyev bilan birga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga deputatlik sörovini yubordik. Unda, birinçi navbatda, bangladeşlik mutaxassislarni jalb qilişda “Özbekneftgaz” AJ yoki “Enter Engineering Pte. Ltd.” kompaniyasi tomonidan amaldagi qonunçilikka rioya etilganligi böyiça vazirlik tomonidan olib borilayotgan örganiş natijalari haqida maʼlum qiliş söralgan.
Şuningdek, Vazirlikdan mazkur loyiha doirasida yaratilgan iş örinlari, jalb qilinayotgan bangladeşlik mutaxassislarning kasbi va malaka darajasi loyiha doirasidagi mavjud iş örinlariga mosligi hamda uşbu iş örinlariga mos keladigan mahalliy işçi kuçi mavjudligi töğrisidagi tahliliy maʼlumotlar taqdim etişi söralgan”, deya sörov mazmuniga töxtalgan Ğaniyev.
Deputat Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi maʼlumotlariga köra, 2020 yil 3-çorak yakuni böyiça respublikada işsizlik darajasi 11,1foizni yoki 1,6 mln dan ortiq kişini taşkil etganini qöşimça qilgan.
Avvalroq, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bangladeşlik işçilar mavjud tartibga asoslangan holda olib kelinmaganini maʼlum qilgandi.









