Qozoğistonda öqituvçi politsiyaga bomba haqida yolğon maʼlumot berdi.Bu haqda Zakon.kz xabar qilib ötgan.
Xabarda aytilişiça, Jambil viloyatining Tole bi qişloğida 25 yoşli öqituvçi oçiq dars ötişi kerak bölgan, lekin buning örniga politsiyaga qönğiroq qilib, maktabga bomba örnatilgani haqida yolğon maʼlumot bergan.
Natijada maxsus xizmatlar 300 dan ortiq öqituvçi va öquvçilarni binodan evakuatsiya qilişga majbur bölgan. Eʼtiborli tomoni, öşa öqituvçining özi ham öquvçilar va hamkasblarini evakuatsiya qilişda yordam bergan.
Endi yolğon xabar tarqatgan öqituvçi katta miqdorda jarima yoki beş yilgaça qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin. U ayni vaqtda vaqtinçalik hibsxonaga joylaştirilgan.









