Namanganda erkak sinfdoşining töyida sobiq xotinini piçoqlab qöydi

Namanganda erkak sinfdoşining töyida sobiq xotinini piçoqlab qöydi

Namangan viloyati Töraqörğon tumanida 28 iyul kuni erkak sinfdoşining töyida sobiq xotinini piçoqlab qöydi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum bölişiça, voqea soat 14:30 atrofida tumanda 34 yoşli fuqaroning uyida ötkazilgan töyda sodir bölgan. Aniqlanişiça, töyda 34 yoşli erkak sobiq xotini bilan tortişgan. Erkak köçaga çiqib, oşxona piçoği bilan sobiq turmuş örtoğining kökrak qafasi çap tomon old yuzasiga ikki marotaba va bel sohasiga ikki marotaba urgan vaqtida sinfdoşlari uni ajratgan. Hodisa oqibatida ayol tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat böyiça Töraqörğon tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddalari (Qasddan odam öldiriş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, fuqaro protsessual tartibda uşlangan.

×