400 dollar evaziga «prava» olib bermoqçi bölgan jinoiy guruh qölga olindi

400 dollar evaziga «prava» olib bermoqçi bölgan jinoiy guruh qölga olindi

Kogon tumani Beklar mahallasida yaşovçi 1997 yilda tuğilgan A.Ş. bir fuqaroni haydovçilik guvohnomasi oliş uçun böladigan imtihondan vakolatli tanişlari orqali ötkaziş evaziga firibgarlik yöli bilan 400 AQŞ dollari talab qilgan. 

Maʼlum qilinişiça, joriy yilning 9 yanvar kuni soat 17:20 larda Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda A.Ş. Buxoro şahar Abduxoliq Ğijduvoniy köçasidan ötuvçi yöl yoqasida «Matiz» rusumli avtomaşina salonida talab qilingan pullarni olgan vaqtida, aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

A.Ş. bilan ötkazilgan tezkor suriştiruv harakatlari davomida uning vositaçi kim ekanligi aniqlanib, tadbir davom ettirilganda, gumonlanuvçi A.Ş. şu kuni soat 22:30 larda Kogon tumani Xöja Yakşaba mahallasida joylaşgan kasb hunar maktabi oldida, «imtihon operatsiyasi» ni bajaruvçisi 1997 yilda tuğilgan H.A. ga 400 AQŞ dollarini bergan vaqtda, H.A. ham qölga olindi.


H.A. ham özining vositaçi ekanligini, “bajaruvçi” boşqa şaxs ekanligini bildirganligi sababli tezkor tadbir yana davom ettiriladi.

Bu safar gumonlanuvçi H.A. Buxoro şahridagi «Kitoblar olami» savdo majmuasi avtoturargohida jinoiy şerigi Kogon tumanida yaşovçi 1996 yilda tuğilgan Ş.J. ga öşa fuqaroni haydovçilik guvohnomasi oliş uçun böladigan test sinovlaridan ötkazib beriş evaziga 400 AQŞ dollarini bergan vaqtda Ş.J. ham jinoyat ustida qölga olindi.

Mazkur holat yuzasidan jinoiy guruhning aʼzolari A.Ş., H.A. va Ş.J. larga nisbatan Özbekiston Respublikasi JK ning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

×