Mingbuloq tumani xalq taʼlimi bölimidagi masʼul şaxs pora bilan qölga olindi, deya xabar bermoqda tuman hokimligi axborot xizmati.
Huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida tuman xalq taʼlimi bölimida işlovçi mansabdor şaxslardan biri M.X yaşaş manzili atrofida fuqaro Q.B.dan maktab direktorligi lavozimiga tegişli buyruq çiqarib beriş uçun 2 million 150 ming söm hamda 200 AQŞ dollari miqdordagi pulni pora tariqasida olayotgan vaqtida qölga olindi.
Holat böyiça JKning tegişli moddasi bilan jinoiy iş qözğatilgan bölib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.









