Buxoro viloyatining «Qoraköl» taşqi iqtisodiy faoliyati bojxona posti inspektori pora bilan qölga olindi, deya xabar berdi «Daryo» muxbiri.
Taʼkidlanişiça, «Qoraköl» taşqi iqtisodiy faoliyati bojxona postining Bojxona körigi va rasmiylaştiruvi guruhi katta inspektori N.N. öz xizmat mavqeyidan foydalanib, fuqaro Ç.R.ga yuqori lavozimdagi tanişlari orqali uning Turkmaniston hududidan keladigan yuk vagonlarini kompleksda turmagan deb körsatib, kunlik omborxona tölovlari tölanmaydigan holda deklaratsiya rasmiylaştirib berişga vaʼda bergan. Bu xizmati evaziga Ç.R.dan 400 dollar talab qilgan.
N.N. 2021 yilning 11 sentyabr kuni, taxminan, soat 21:10 da Buxoro şahridagi «Şafran» kafesi oldida öziga tegişli bölgan Lacetti avtomaşinasi salonida fuqaro Ç.R.dan 400 dollarni olgan vaqtida viloyat huquqni muhofaza qiluvçi idoralar xodimlari tomonidan qölga olingan.
Mazkur holat yuzasidan N.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 3-qismi «v» bandi (xizmat mavqeyidan foydalanib sodir etilgan firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ayni paytda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.









