Özbekiston avtobusi Qozoğistonda YTHga uçradi

Özbekiston avtobusi Qozoğistonda YTHga uçradi

Qozoğistonning Jambil viloyatida Özbekiston davlat raqamiga ega bölgan avtobus YTHga uçradi, deb xabar qilmoqda Kazinform.

Jambil viloyati Favqulodda vaziyatlar departamenti matbuot xizmati xabariga köra, YTH "Olmaota-Toşkent" avtomobil yölining 571-kilometrida, Jambil viloyati, Jualin tumani, Bauyrjan Momişuli qişloğidan olti kilometr uzoqlikda 12 may kuni soat 15:50 atrofida sodir bölgan.

Maʼlum bölişiça avtobusda Özbekiston yöqarolari bölgan. YTH oqibatida haydovçining yordamçisi va bir nafar yölovçi qurbon bölgan, 33 kişi kasalxonaga yotqizilgani, ulardan uç nafari reanimatsiyada, - deyiladi xabarda.

Dastlabki maʼlumotlarga köra, ob-havo şaroitining yomonlaşişi (yomğir va döl, tahr.) tufayli avtobus haydovçisi boşqaruvini yöqotib, şu yönalişda harakatlanayotgan traktor tirkamasi bilan töqnaşib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Qozoğiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 345-moddasi 4-qismi (Transport vositasini boşqarayotgan şaxs tomonidan ikki yoki undan ortiq şaxsning ölimiga sabab bölgan yöl harakati yoki transport vositalaridan foydalaniş qoidalarini buziş) bilan tergovga qadar tekşiruv qözğatilgan.

Jambil viloyati trassasida yuz bergan YTHda jabrlanganlar uçun işonç telefoni oçildi: 8 (7262) 51-35-75, 51-41-67.

Özbekistonning Olma-otadagi Boş konsulligi xabariga köra, ayni damda konsullik huzurida jabrlanganlarga yordam körsatişni taşkil etiş böyiça ştab tuzilgan. Halok bölganlarning jasadlarini vataniga olib borişning taşkiliy masalalari hal etilmoqda. Özbekiston Respublikasining Olmaota şahridagi Boş konsulligiga +77779504422 yoki +77779504433 raqamlari orqali murojaat qiliş mumkin.

×