“Öztransgaz” AJ hududiy boşqarmasi masʼullariga jinoyat işi qözğatildi

“Öztransgaz” AJ hududiy boşqarmasi masʼullariga jinoyat işi qözğatildi

Yangiyöl tumanidagi avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Masʼullarga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Energetika vazirligi maʼlum qildi.

Xabarda aytilişiça, qiş mavsumida aholi va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlaş maqsadida Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov boşçiligidagi işçi guruh (Içki işlar va Prokuratura organlari xodimlari bilan hamkorlikda) tomonidan ötkazilgan nazorat tadbirida Toşkent viloyatida joylaşgan AGTKŞ tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.

Mazkur holat böyiça viloyat prokuraturasi tomonidan AGTKŞga va “Öztransgaz” AJ hududiy boşqarmasi masʼullariga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan.

“3 yanvar kuni soat 21:00 lar atrofida Yangiyöl tumanida joylaşgan “Hamkor gaz servis” MÇJga qaraşli avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçasi (AGTKŞ) belgilangan öçiriş grafigiga rioya etmagan holda faoliyat körsatayotganligi maʼlum böldi”, deyiladi vazirlik xabarida.


Mazkur şoxobçaning gaz hisoblaş uskunasi közdan keçirilganda, uskunaga taşqi taʼsir körsatilganligi, yaʼni şoxobça faoliyat körsatayotgan bölsa-da, uskuna işlamayotganligi (körsatkiçlari “0” holatda ekanligi) aniqlangan hamda tabiiy gaz yetkazib beriş töxtatilib, gaz hisoblagiç ekspertizadan ötkaziş uçun yeçib olingan.

Şuningdek, şoxobçaning elektr taʼminoti holati örganilganda elektr hisoblagiç va maʼlumotlar bazasi bilan noyabr oyidan buyon aloqa mavjud emasligi aniqlandi va hisoblagiç ekspertizaga yuborilgan.

Şu bilan birga, uşbu AGTKŞning gaz hisoblagiçi belgilangan tartibga zid ravişda örnatilgani ham foş etilgan.

Eslatib ötamiz, ötgan yilning iyul oyida "Öztransgaz" AJ mansabdorlari 4 trillion 904,7 mlrd sömni rastrata qiliş yöli bilan talon-taroj qilingani va 7,4 mlrd söm mablağ ortiqça mukofot pullari sifatida tölab berilib, özlaştirilişi ortidan davlat va jamiyat manfaatlariga juda köp miqdorda zarar yetkazilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqalgandi. 

Lekin, "Öztransgaz" AJ mazkur xabarlarni rad etib, mansabdor şaxslariga nisbatan heç qanday jinoyat işi oçilmagani va heç bir mansabdor şaxs biror jinoiy iş doirasida tergov jarayoniga jalb qilinmaganini maʼlum qilgandi.


×