Özbekiston davlat qarzi qançaga yetgani oçiqlandi

Özbekiston davlat qarzi qançaga yetgani oçiqlandi

Mamlakatlar kesimida eng köp qarz Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyadan olingan.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlumot berişiça, 2023 yil 1 iyul holatiga köra, Özbekiston davlat qarzi 31,5 milliard dollarni yoki içki yalpi mahsulotga nisbatan 36,8 foizni taşkil qilgan. Bu böyiça vazirlik taqdim etgan 2024–2026 yillarga möljallangan byudjetnomada ham aytib ötilgan.

Mazkur holatda mamlakatning taşqi qarzi 25,9 milliard dollarni, içki qarzi esa 5,6 milliard dollarga teng kelmoqda.

2023 yilning birinçi yarim yilligida Özbekiston davlat qarzi 2,3 milliard dollarga köpaygani qayd etilgan.

Mamlakatlar kesimida eng köp taşqi qarzi Xitoy (3,8 mlrd dollar), Yaponiya (2,1 mlrd dollar) va Janubiy Koreyadan (0,9 mlrd dollar) olingan. Xalqaro moliya taşkilotlari kesimida esa eng köp qarz Osiyo taraqqiyot banki (6,2 mlrd dollar), Jahon banki (5,6 mlrd dollar) va Islom taraqqiyot bankidan (0,9 mlrd dollar) jalb qilingan.

2023 yil 1 yanvar holatiga köra, davlat qarzi 29,2 milliard dollarga teng bölgan va bu YAIMga nisbatan esa 36,4 foizni taşkil qilgan.

2023 yilda Özbekiston nomidan va kafolati ostida taşqi qarzlarni jalb qiliş böyiça yillik imzolanadigan bitimlarning umumiy qiymati 4,5 mlrd dollarni taşkil qilişi, şundan davlat byudjetini qöllab-quvvatlaş, byudjet taqçilligi uçun 2 mlrd (bu ötgan yilga nisbatan 500 mlrd dollarga kam), investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş uçun esa 2,5 mlrd dollar (bu ötgan yilga nisbatan 500 mln dollar köp) jalb qilinişi belgilangan.

«Davlat qarzi töğrisida»gi qonunga köra, davlat qarzi summasining yalpi içki mahsulotga nisbatan eng yuqori miqdori 60 foizdan oşmasligi közda tutilgan.

Dastlabki tahlillarga köra, örta muddatda makroiqtisodiy hamda fiskal körsatkiçlarning barqarorligi taʼminlangan şaroitda, davlat qarzining yalpi içki mahsulotga nisbati 2024 yilda 37 foizni, 2025 yilda 37,4 foizni, 2026 yilda 37,9 foiz atrofida bölişi prognoz qilinmoqda.

Davlat qarzini xavfsiz darajada saqlaş va samarali boşqariş maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan örta muddatli istiqbolda quyidagi çoralar körilişi közda tutilgan:

  • davlat qarzi böyiça yillik limitlarni belgilaş amaliyotini davom ettiriş;
  • milliy valyutada qarz mablağlarini jalb qiliş orqali valyuta xatarlarini kamaytiriş. Bunda, davlat ğaznaçilik obligatsiyalarini çiqarişning çeklangan sof hajmini 2024 yilda 25 trln söm etib belgilaş;
  • davlat qarzini tölaşning örtaça muddatini uzaytiriş, şuningdek, davlat qarzini manbalar böyiça diversifikatsiya qiliş;
  • davlat ğaznaçilik obligatsiyalari bozoriga xalqaro investorlarni keng jalb qiliş jarayonini jadallaştiriş;
  • davlat qarzi böyiça xizmat körsatiş bilan boğliq xatarlarning oldini oliş, ularni bartaraf etiş yoki kamaytiriş;
  • davlat qarziga oid maʼlumotlar oçiqligini taʼminlaş.

Eslatib ötamiz, avvalroq, Özbekistonning davlat qarzi qançaga yetişi aytilib davlatning kelgusi uç yildagi qarzlari prognoz qilingandi.

×