Dunyoga tahdid soluvçi uç davlat nomi maʼlum qilindi

Dunyoga tahdid soluvçi uç davlat nomi maʼlum qilindi

2023 yilda ötkazilgan sörov natijalariga köra, Rossiya, Xitoy va AQŞ «dunyoga tahdid soluvçi davlatlar» sifatida qayd etildi.

AQŞning U.S. News & World naşri 2023 yilning martidan iyunigaça ötkazilgan sörov natijalarini eʼlon qildi. Respondentlarga dunyoning 87 ta davlatini turli xarakteristikalar, jumladan, inson huquqlari, armiyaning kuçi, xalqaro ittifoqlarning mavjudligi va boşqalarga köra baholaş söralgan. Boşqa savollar qatorida, respondentlardan qaysi davlat «dunyoga eng katta tahdid» ekanligiga javob beriş söralgan.

Sörov natijalariga köra, respondentlarning qariyb 70 foizi Rossiya hozir dunyo uçun xavf tuğdirayotganini tan olgan. Ikkinçi örin Xitoyga tegişli bölib, respondentlarning 66 foizi uni tahdid sifatida belgilagan. Uçinçi örinda AQŞ turibdi, respondentlarning qariyb yarmi uşbu mamlakatni tahdid sifatida tanlagan.

Rossiya asosan Daniya, Finlyandiya, Yaponiya va Polşa kabi mamlakatlarda tahdid deb hisoblangan bölsa, Xitoy – Yaponiya, AQŞ, Hindiston va Janubiy Koreyada jahon xavfsizligi uçun xavfli davlat sifatida qaraladi. AQŞni dunyo uçun asosiy tahdid deb atagan respondentlarning aksariyati Xitoy, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Indoneziya va Yangi Zelandiyada yaşaydi.

Bundan taşqari, sörov iştirokçilarining 72,5 foizi insoniyat «Uçinçi jahon uruşiga yaqinlaşmoqda» degan fikrga qöşildi.


×