Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov Qatar mezbonligidagi Jahon çempionatiga şaxsiy samolyotida uçib borgani uçun tanqid qilindi. Prezident matbuot kotibi Erbol Sultonboyev tanqidlarga javob berdi. Bu haqda "24.kg" axborot agentligi yozmoqda
Sadir Japarov Qatarga Jahon çempionati final öyiniga boriş uçun şaxsiy samolyotdan foydalangan, biroq Prezident matbuot xizmati Japarovning Qatarga taşrifini “xizmat safari” deya talqin qilgan.
Xabarga köra, Bişkekdan Dohaga va yana ortga parvoz xarajati 50-60 ming dollarni taşkil qiladi.

Tanqidlarga javoban Prezident matbuot kotibi Facebook'dagi sahifasida xususiy samolyotni sotib oliş jarayoni yakunlanayotganini aytdi. Sotib olinayotgan samolyot Bombardier Challenger yoki Embraer Legacy böladi, deya qöşimça qildi Erbol Sultonboyev.
"Qirğiziston ixçam, kiçik delegatsiyalar uçun xorijiy davlatlarga taşrif buyuriş uçun möljallangan uşbu samolyotni sotib olişga qaror qildi. Bungaça undagi barça parvozlar egasi kompaniya bilan kelişilgan holda bepul amalga oşirilgan. Qirğiziston tomoni Prezident Japarovning Qatar davlatiga bugungi amaliy safarining ham faqat aviatsiya xarajatlarini öz zimmasiga olgan”, deydi Prezident matbuot kotibi.
Taʼkidlanişiça, Prezident matbuot xizmati Sadir Japarovni Dohaga amaliy taşrif bilan jönab ketgani haqida xabar tarqatgan, lekin Qatar matbuoti Japarovni Jahon çempionatiga kelgani va Argentina – Frantsiya final öyinini tomoşa qilgani haqida yozdi.









