«Örganişlar natijasi va bizga turli manbalardan yetib kelgan maʼlumotlar şuni körsatmoqdaki, ayrim vazirlar va hokimlarning oyoği yerdan uzilib qolgan.
Baʼzi viloyat, tuman va şahar hokimlari, vazirlik yoki idoralarning masʼul rahbarlari özlarini göyo xonlardek tutib, töraçilik kayfiyatiga berilib ketganlar», — dedi Prezident administratsiya rahbari Sardor Umrzoqov bugungi yiğilişda.
«Bunday xunuk holatlarni faqat biz emas, butun xalqimiz, keng jamoatçilik körib-bilib turibdi. Jamiyat uyğongan, jamoatçilik nazorati kuçaygan bugungi zamonda heç bir mutasaddining yuriş-turişi nazardan çetda qolmaydi.
Hurmatli Prezidentimiz yuksak işonç bildirib aytgan «Hokimlar mening vakilim», degan sözlarini suiisteʼmol qilib, bunday şarafli masʼuliyatni unutgan hokimlarni, xalqni aldaş, maişatbozlik qiliş, islohotlarga bepisand qaraş bilan kun ötkazayotgan masʼul şaxslarni kim deb ataş mumkin?», — dedi Administratsiya rahbari.









