Lionel Messining birinçi ustozi JÇ-2022 finali oldidan futbolçiga xat yölladi. Bu haqda "Super Deportivo" radiosi xabar berdi.
Maʼlum bölişiça, Messining birinçi ustozi Rosariodagi Messi ulğaygan köçadan öta turib, Leoni eslagan va unga kiçik xat yozişga qaror qilgan.
"Salom Messi. Sizning ustozingiz bölganim uçun Xudoga şukr qilaman. Heç qaçon özgarmang. Siz oddiy, kamtar, ajoyib insonsiz. Hayotingizning bir qismi ekanligimdan faxrlanaman. Qattiqqöl bölganim uçun uzr. Muvaffaqiyatsizliklar paytida bizga ajoyib baxt keltirganingiz uçun minnardorlik bildiraman. Men tuş körmayotganimni biliş uçun sizni quçoqlaşni istardim. Finalda omad tilayman. Biz sizni yaxşi köramiz", deb yozgan Monika Domino.
Eslatib ötamiz, Argentina terma jamoasi Messi boşçiligida ikkinçi marta JÇ finaliga yöl oldi. Oxirgi marta janubiy amerikaliklar 2014 yilda mundial finaliga çiqib, Germaniyaga imkoniyatni boy bergandi. Ertaga, 18 dekabr kuni JÇ-2022ning hal qiluvçi bahsida Argentina Frantsiya terma jamoasi bilan bahs olib boradi.









