“Kim zör: repetitormi yoki maktab öqituvçisi?"

“Kim zör: repetitormi yoki maktab öqituvçisi?"

Ötgan oyda Jahon banki koronavirus pandemiyasi oqibatida dunyo mamlakatlari iqtisodiyotida tobora murakkab vaziyat yuzaga kelayotgani haqidagi tahlillarni eʼlon qildi. Unda aytilişiça, bu yil dunyo iqtisodiyoti 5,2 foiz qisqaradi. Bu kabi xavotirli raqamlar esa har bir davlatdan kambağallikni qisqartiriş uçun sarflanayotgan resurslarni uvol qilmasdan, aniq maqsad, natija beradigan yönalişlar uçun sarflaşni talab etadi.

"Yangi Özbekiston" gazetasida eʼlon qilingan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari Uluğbek Inoyatovning "Sarflanayotgan resurslar uvol qilinmasa, natijaga erişiladi" sarlavhali materialida ayni şu xususdagi mulohazalarni öqiysiz. Materialda qayd etilişiça, kambağallikni qisqartiriş oddiy vazifa emas, uning zamirida juda katta saʼy-harakat turadi. Mahalliy hokimiyat va boşqa mutasaddi idoralar barça imkoniyatlarni işga solyapti. Bu yangi yönaliş bölgani uçun xato-kamçiliklarga ham yöl qöyilyapti.

Xususan, joylarda Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi hisobidan uç tomonlama şartnomalar asosida subsidiyalar ajratilmayotgani bilan boğliq holatlar kuzatildi. Taşkiliy işlar yetarli darajada olib borilmagani natijasida issiqxona quriş, suğoriş vositalari, uruğlik va köçatlar xarid qiliş keçikib ketayotganiga guvoh bölindi. Jumladan, bir neça viloyatda ötkazilgan örganişlarda ayrim joylarda kooperatsiya taşkil etiş, issiqxona quriş, parrandaçilikni yölga qöyiş jarayonlari ölda-jölda, şoşqaloqlik bilan amalga oşirilayotgani kuzatildi.

Natijada bu işlarga sarflanayotgan katta mablağlar qumga tuşgan tomçiday besamar ketyapti, harakat, mehnat uvol bölyapti...

"Inson tabiati qiziq: baʼzan masalaning mohiyatini tuzukroq tuşunmasdan özini ötga-çöqqa uradi..."

"Xalq sözi" gazetasida çop etilgan Istam Ibrohimovning "Vahima emas, vazminlik yengadi" sarlavhali materiali şunday mulohaza bilan boşlangan. "Bu haqda töxtalişimizning boisi bor, – deb yozadi muallif. – Bir haftaça avval Buxoro şahridagi dorixonalardan odamlarning qadami uzilmay qoldi. Dori-darmon savdosi avjiga çiqdi. Tanişlarimizdan biri hatto "Aptekamni berkitaman, şekilli. Negaki, bunaqada sotgani dori qolmaydi", deyişgaça bordi...

Ha, baʼzida tagi puç, kişini vahimaga soladigan mişmişlar oqibati ana şunday noxuş holatlarga olib keladi. Vaholanki, har qanday kasallikni, jumladan, koronavirus balosini ham vahima emas,vazminlik, tartib-qoidaga qatʼiy amal qiliş, bemorlarni davolaşga professional yondaşuv evaziga yengiş mumkin.

“Maʼrifat" gazetasida Nişon tumanidagi 10-maktab öqituvçisi Şuhrat Subonovning “Kim zör: repetitormi yoki maktab öqituvçisi" nomli maqolasi berilgan. Muallif maktab öqituvçisi va repetitor faoliyatini taqqoslaş orqali ustun va zaif tomonlarini körsatib bergan. Haqiqatan, repetitorga bormasdan oliy öquv yurtiga öqişga kiriş ehtimoli juda pasayib ketgan. “Kasallik sababini oğriyotgan joydan emas, uning manbaidan, asl sababidan, ildizidan izlaş kerak!”, – deb yozadi u.

“Yoşlarga berilayotgan labirint içidagi imkoniyatlar” sarlavhali maqolada esa muallif Beknazar Qorajonov quyidagi savollarni qöyib, ularga javob izlaydi: Nima uçun Prezident qarori bilan bepul taşkil etilişi belgilangan Yoşlar markazi bir yil ötib pullik bölib ketdi? Davlat byudjetidan milliardlab söm sarflab qurilgan Yoşlar markazlari turli amaldorlar uçun “majlisxona” bölişdan qaçon qutiladi? Yoşlar markazi tögarak rahbarlari nega işni taşlab ketib qolişmoqda?

“O‘zbekiston ovozi” gazetasida Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri maslahatçisi Bahodir Valiyevning “Maslahatçi musahhih emas” sarlavhali maqolasi çop etildi. Unda özbek tilining davlat va jamiyat hayotidagi mavqeini yanada oşiriş, “Davlat tili haqida“gi qonunni bugungi kun talablaridan kelib çiqqan holda takomillaştiriş masalalari xususida söz boradi. Prezidentimiz tomonidan 2019 yil 21 oktyabrda “Özbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida” farmon qabul qilingan edi. Eng quvonarlisi, 21 oktyabr Özbekistonda “Özbek tili bayrami kuni” deb belgilandi.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 yanvardagi qarori bilan Vazirlar Mahkamasida Davlat tilini rivojlantiriş departamenti tuzildi va barça davlat organlari, vazirliklar va ularga tenglaştirilgan taşkilotlarda maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligini oşiriş, davlat tili töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişini taʼminlaş masalalari böyiça maslahatçi lavozimi taşkil etildi. Şuning natijasi ölaroq, hozirgi kunda respublikamizdagi vazirlik, idora va taşkilotlarda rahbarning maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligini oşiriş, davlat tili töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilişni taʼminlaş masalalari böyiça maslahatçilar faoliyat yuritmoqda...

"Ovozi tojik" gazetasida Muhammadjon Şodiyevning Özbekiston xalq şoiri Jumaniyoz Jabborovning 90 yilligiga bağişlangan maqolasi eʼlon qilingan.

×