Argentinalik futbol yulduzi Lionel Messi yaqin kunlarda turmuş örtoği Antonella Rokutstso bilan ajraşişi mumkin. Bu haqda “Oi Canadian” xabar berdi.
Naşrga köra, juftlik örtasidagi özaro munosabatlarga jiddiy darz ketgan, buning yuzaga çiqişi, dastlab joriy yilning 30 oktyabr kuni Messi “France football” naşri tomonidan topşiriladigan yilning eng yaxşi futbolçisi uçun sovrin – “Oltin töp”ni qabul qilib olayotganda közga taşlangan.
Yaʼni, futbolçi mukofotni olgaç, oilasidan sahnaga çiqişni söragan, ammo sahnaga faqat uning 3 öğli çiqqan. Antonella esa buni rad etgan. Şundan söng Messi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylab boradigan oilaviy suratlarini sezilarli darajada kamaytirgan. Hatto, Instagram sahifasidagi özining 5 kişilik oilasi aks etgan asosiy fotoni ham “Oltin töp” bilan tuşgan rasmiga özgartirib qöygan.
15 yildan beri baxtli yaşab kelayotgan juftlik dunyo maşhurlari orasida eng barqaror oilalardan biri sifatida tilga olinar edi. Şu bois bu miş-mişlar köpçilikni hayratda qoldirmoqda. Ayrim naşrlar Messi va uning turmuş örtoği örtasidagi munosabatlarga sovuqlik tuşişiga jurnalist Sofiya Martines sababçi bölgani haqida yozmoqda. Ammo bunga aynan nima sabab bölgani oçiqlanmagan.
Maʼlumot uçun, Lionel Messi va Antonella Rokutstso 2009 yildan beri birga. Ular 2017 yilda rasman turmuş qurgan bölib, hozirda juftlikning 3 nafar öğli bor.









