Dam oliş kunlari ob-havo qanday bölişi mumkinligi oçiqlandi

Dam oliş kunlari ob-havo qanday bölişi mumkinligi oçiqlandi

«Özgidromet» dam oliş kunlari uçun ob-havo maʼlumotini taqdim etdi. Dekabr oyining boşida ob-havoni belgilagan sovuq antitsiklon mamlakatimizni tark etdi. Nihoyat hududimizga iliq havo massalari kirib keldi, havo harorati keskin kötarildi, qor butunlay erib ketdi.

Bugun uşbu holat saqlanib turadi, Özbekiston böyiça quyoşli va iliq ob-havo bölişi kutilmoqda. Toşkent viloyatida baʼzi joylarda şamol 15-20 m/s gaça kuçayadi. Kunduzi havo 9-14° iliqgaça, baʼzi joylarda 16-18° iliqgaça isiydi, bu örtaça köp yillik qiymatlardan 4-5° yuqoridir.

Dam oliş kunlari Özbekiston böyiça yoğingarçilik kutilmaydi, ammo harorat foni biroz pasayadi.

Havo harorati keçalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliqni, kunduzi şanba kuni 7-12 daraja iliqni, yakşanba kuni 5-10 daraja iliqni taşkil etadi va uşbu kunlarning meʼyoriy qiymatlariga yaqin böladi.

Respublika böyiça baʼzi joylarga tuman tuşişi kutilmoqda.


×