Afğonistonlik olim, ilgari Turkiyada nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va hozirda Kobulda işlayotgan akademik, “Sputnik” muxbiriga Afğoniston poytaxti Kobulda hozir hukm surayotgan vaziyat haqida gapirib berdi. Olim xavfsizlik nuqtai nazaridan ismini oşkor qilmaslikni söragan.
“Endi biz uyda ötiramiz va taşqariga çiqa olmaymiz, çunki hamma joyda “Tolibon” jangçilari bor. Eşitgandim, ular ilgari işlaganlarning uylariga reyd uyuştirişayotgandi. jangarilar afğon armiyasi generallari va ofitserlarining uylarida tintuv ötkazmoqda. Ularni topib qamoqqa olişadi. Aytişlariça, harbiylardan keyin jurnalistlar va olimlarga navbat keladi”, – dedi u.
Akademikning sözlariga köra, baʼzi davlat xizmatçilari mamlakatni tark etiş umidida aeroportga borişgan: “Odamlar aeroportda samolyotga ötirişdan voz keçişmaydi. Afğoniston rasmiylarida işlaganlar. Ular bu maʼlumotni yaxşi bilişadi. Şu bois, biz uyda uzoq yaşirina olmaymiz”.
Xulosa örnida esa, akademik Turkiyani afğon xalqini qöllab-quvvatlaşga çaqirdi: “AQŞ va Buyuk Britaniya kabi davlatlar öz mamlakatlarida taʼlim olganidan keyin uylariga qaytgan afğonlarni evakuatsiya qilişdi va bu yerda ularga yordam berişdi.
Şuningdek, biz Turkiyadan xavfsizligimizni taʼminlaşini söraymiz. Bizni çiqib ketişimizga yordam bering. Bu betartiblik tugagaç, biz yana öz mamlakatimizga qaytmoqçimiz”.









