«Barselona» sardori (sobiq?..) Lionel Messining qaysi jamoada töp surişi kelayotgan dam oliş kunlarida hal böladi. «Sport-Ekspress» yozişiça, argentinalik yulduz «Pari Sen-Jermen»ga ötişga juda yaqin.
Messi va parijliklar örtasida, bir yilga uzaytiriş imkoniyati bilan, ikki yillik şartnoma imzolanişi mumkin. Muzokaralarni futbolçining otasi va agenti Xorxe Messi olib boryapti, deyiladi xabarda.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skira «Twitter»da yozişiça, Messi Parijda bir mavsumda 50 million yevro (bonuslar ham qöşilganda) maoş oladi.
Argentinalik yangi jamoasida 19-raqam ostida töp surişi aytilmoqda. Çunki uning sevimli 10-raqami braziliyalik Neymar ixtiyorida.
Messi kelsa, «PSJ» hujumçisi Kilian Mbappe ketadi, bu haqda «Championat.com» jurnalist Andres Onurbiya Ramosga asoslanib xabar tarqatdi.









