AQŞ Prezidenti Jo Bayden Ğazo sektori va Ğarbiy Sohil Falastin maʼmuriyati nazorati ostida bölişi kerakligini maʼlum qildi. Bu haqda u “The Washington Post” gazetasida çop etilgan maqolasida yozgan.
“Biz tinçlikka intilayotgan ekanmiz, Ğazo va Ğarbiy Sohil yagona boşqaruv tuzilmasi ostida birlaşişi kerak. Biz şundagina tiklangan Falastin maʼmuriyati boşçiligida ikki davlat örtasidagi mojaroga yeçim topa olamiz”, deb yozgan Bayden.
AQŞ rahbarining qöşimça qilişiça, falastinliklar Ğazodan majburan köçirilmasligi, şaharlari qayta işğol qilinmasligi, heç qanday qamal, blokada yoki hududni qisqartirişlar bölmasligi kerak.
Bayden şuningdek, Isroil rahbarlariga murojaat qilib, Ğarbiy Sohilda falastinliklarga qarşi zöravonliklarni töxtatiş va aybdorlar javobgarlikka tortilişi kerakligini aytgan.
“Vaşington bu borada çoralar körişga tayyor, jumladan, Ğarbiy Sohildagi tinç aholiga hujum qilayotgan ekstremistlarga viza taqiqini joriy etiş orqali”, degan AQŞ Prezidenti.
Uning yozişiça, xalqaro hamjamiyat uruşdan keyin anklav aholisini qöllab-quvvatlaş uçun resurslarni, jumladan, vaqtinçalik xavfsizlik çoralarini körişi va Ğazoning uzoq muddatli ehtiyojlarini barqaror qondiriş uçun qayta quriş mexanizmini yaratişi kerak.
Bundan taşqari, syosatçi HAMAS öz “mafkurasi”ga amal qilar ekan, Ğazodagi sulh heç qaçon muqum tinçlikka olib kelmasligini aytgan. Unga köra, öt oçişni töxtatiş – harakat jangçilari raketa zaxiralarini tiklaşi, qöşinlarini qayta joylaştirişi va yangi hujum rejalari tuzişi uçun vaqt berişdir.
Eslatib ötamiz, avvalroq Jo Bayden AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken va Moliya vaziri Janet Yellenga Ğarbiy Sohildagi falastinliklarga hujum qilayotgan va ularni majburan köçirib ötkazayotgan isroillik köçmançilarga qarşi viza çeklovlari va sanktsiyalar tayyorlaşni topşirgandi.









