«Odamzod yaxşi narsaga tez örganib qoladi», degan gap bor. Sönggi kunlarda Ukrainada keçayotgan fojeali voqealar bu fikrning naqadar töğri ekanini yana bir bor isbotlamoqda, deyiş mumkin.
Ikki qöşni davlat, dini bir, tili deyarli bir hamda tarixi bir bölgan xalqlar örtasidagi qurolli mojarolar har ikki tomondan köplab qurbonlar berilişi, iqtisodiy, şuningdek ijtimoiy va siyosiy jihatdan juda katta talofatlarga olib kelmoqda.
Mana şunday şaroitlar köpçilikni huşyor tortişga, tinçlik va barqarorlikning qançalik tengsiz neʼmat ekaniga yana bir bor işonç hosil qilişiga sabab bölgan bölsa ajabmas. Çunki, sir emas, oxirgi yillarda köpçilik «yurtimizda tinçlik», «osmonimiz musaffo» degan gaplarni ham qandaydir istehzo bilan qöllayotganini körayotgan edik.
Uruş harakatlari boşlangandan söng Ukraina hududidan evakuatsiya qilingan tört mingdan ortiq yurtdoşlarimiz uşbu qurolli mojarolarning ayançli oqibatlari hamda tinçlik va barqarorlikning qadri haqida har qanday usta notiqdan işonarliroq fikr bildirişlari mumkin.
Hozir axborot asri, turli ijtimoiy tarmoqlar va internet naşrlar xabarlari insonlar hayotiga bevosita taʼsiri oşib borayotgan davr. Afsuski, axborot va yangiliklar ayni paytning özida köpçilik eʼtiboriga yetib borayotgan bir şaroitda bu sohadagi ayrim salbiy holatlar ham közga körinib qolmoqda.
Rasmiy maʼlumotlarga köra, bugungi kunda mamlakatimizda 30 milliondan ortiq mobil aloqa qurilmalari mavjud bölib, ulardan 25 milliondan ortiği mobil internetga ulangan. Aholining aksariyati, ayniqsa yoşlar turi ijtimoiy tarmoqlarda öz şaxsiy kanal va sahifalariga ega. Yaʼni, istagan odam özi xohlagan voqea-hodisalar böyiça öz fikrini bildiriş imkoniga ega.
Afsuski, aynan mana şu imkoniyat ayrim taşvişli holatlarning yuzaga kelişiga sabab bölmoqda. Ayrim ekspertlarning taʼkidlaşiça, Ukrainada davom etayotgan töqnaşuvlar muhokamasi jamiyatining bölinişiga, aholi örtasida ğoyaviy ziddiyatlar kelib çiqişiga olib kelmoqda. Albatta, bir muallif mojaroda qatnaşayotgan bir tomon tarafida fikr bildirgani holatda, boşqa foydalanuvçilar qarama-qarşi tarafni qöllab-quvvatlaşi mamlakatimiz aholisi örtasida sunʼiy va heç kim uçun foydali bölmagan ğoyaviy nizolarni keltirib çiqarayotganini anglaş uçun mutaxassis böliş şart emas.
Masalan, bir toifa aholi öz bitiklarida Rossiyaning amaliyotini qöllab-quvvatlaşi, Ukrainada «natsistlar» va «faşistlar» hukumat tepasida ekani haqidagi iddaolarni bildirişmoqda. Lekin, ayrimlar bu mamlakatni «tölaqonli davlat deb hisoblamasligi», ukrain xalqini «banderaçilar», «faşistlar» deb hisoblaşi biz uçun dasturi amal bölmasligi kerak. Avvalo, Ukraina Birlaşgan Millatlar Taşkilotining tölaqonli aʼzosi deb hisoblanadi va uning xalqaro maydondagi bu maqomini heç kim bekor qilmagan. Qolaversa, bu mamlakatni öz vaqtida faşizm balosidan jabr körgan dunyo mamlakatlari qöllab-quvvatlamoqda.
Ikkinçi toifadagi insonlar esa, Rossiya hukumati «imperiyaça» siyosatni olib borayotgani, şu ketişda Markaziy Osiyo davlatlari ham turli bosim ostida qolişi mumkinligidan xavotirlanişmoqda. Şu munosabat bilan, Rossiya harakatlarini oçiqdan-oçiq qoralaş haqidagi talablar bildirilmoqda.
Ayni paytda, bu yönalişda ayrim siyosiy guruhlar maqsadli ravişda faoliyat yuritayotgani, maxsus tarqatilayotgan xabarlar orqali axborot xurujlari va ğoyaviy qöporuvçilik harakatlarini amalga oşirayotganini ham nazarda tutişimiz kerak. Şu sababli ham, har qanday mojarolar axborot hurujlari bilan yonma-yon yurişini unutmasligimiz, turli buzğunçiliklarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bölişimiz şart.
Şu maʼnoda ayni kunlarda mamlakatimizning Rossiya va Ukraina örtasidagi mojarolarga rasmiy munosabatini yana bir bor aql tarozisiga solib tahlildan ötkazişimiz, kerak bölsa, bu haqida yaqinlarimiz va yon-atrofimizdagi insonlarga töğri maʼlumotni yetkazişimiz foydadan xoli emas.
Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan rasmiy maʼlumotda taʼkidlanganidek, mamlakatimiz azaldan ham Rossiya, ham Ukraina bilan yaqin, döstona munosabatlarga ega. Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlardagi köp marta taʼkidlanayotganidek, «har ikki davlat ham bizning yaqin şeriklarimiz» va «uşbu mojaroning tezroq tugaşi hammamiz uçun birdek foydali».
2021 yil maʼlumotlariga köra, mamlakatimizda özlarini ukrain millatiga mansub deb hisoblovçi 70 mingdan oşiq fuqarolarimiz bor, ayni paytda rus millatiga mansub fuqarolar soni 700 mingdan oşiqroq ekani taʼkidlanadi. Yuqorida keltirilgan maʼlumotlar ham Rossiya va Ukraina örtasidagi mojarolarni yengil-yelpi muhokama qilişga intiliş jamiyatimiz uçun juda xatarli oqibatlarni keltirib çiqarişi mumkinligini körsatib turibdi. Şuning uçun ham har birimiz qaysi millatga mansubligimiz, siyosiy qaraşlarimizdan qatʼiy nazar, aytayotgan sözimiz va xatti-harakatlarimizga öta masʼuliyat bilan yondaşganimiz maʼqul.
Mamlakatimiz rahbari aytib ötganidek, Özbekiston mintaqamizda tinçlik, barqarorlik va izçil taraqqiyot bölişidan manfaatdor. Barça bahs va kelişmovçiliklar faqatgina xalqaro huquq normalari asosida hal qilinişi lozim.
Umuman olganda, davlatimiz rahbarining mazkur muammo hamda mintaqa va dunyo miqyosidagi boşqa dolzarb masalalar yuzasidan bildirgan qatʼiy munosabati Özbekiston Respublikasi öz taşqi siyosati hamda mudofaa doktrinasida belgilangan tamoyillarga oğişmay amal qilib kelayotganidan guvohlik beradi.
Mazkur hujjatlarda belgilab qöyilganidek, Özbekiston barça mamlakatlar bilan munosabatlarni mamlakat milliy manfaatlarining ustuvorligi asosida hamda xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan mezonlarini inobatga olgan holda, teng huquqlilik hamda boşqa davlatlarning içki işlariga aralaşmaslik, barça nizoli masalalarni tinç vositalar va muzokaralar yöli bilan hal qiliş, davlatlararo şakllangan çegaralarning buzilmasligi va özgarmasligini tan oliş asosida quradi.
Anvar Eminov
Adliya vazirligihuzuridagi
Huquqiy siyosat tadqiqot instituti xodimi.









