Roskomnadzor «Instagram»ni Rossiya hududida bloklaşga qaror qildi. Bloklaş RF boş prokuraturasi talabi bilan amalga oşirilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqni yopiş sabablari Roskomnadzor saytida keltirilgan. Bloklaş sanasi aniq aytilmagan.
«Instagram» ijtimoiy tarmoği «Meta» kompaniyasiga tegişli.
Rossiyalik amaldorlar va idoralar «Instagram»ni tark etişni boşladi. Xususan, ijtimoiy tarmoq rahbariyatini «oçiq ekstremizm»da ayblagan Moskva şahri meri Sergey Sobyanin «Instagram»dagi akkauntini yuritmay qöydi. Ayrim gubernatorlar (jumladan, Moskva viloyatiga rahbarlik qiluvçi Andrey Vorobyov), Boş prokuratura, IIV, «Yedinaya Rossiya» partiyasi vakillari ham ijtimoiy tarmoqqa kirişni töxtatgan.
«Meta»ga qaraşli «Facebook» 4 martdan Rossiyada bloklangan edi. Kompaniyaga qaraşli «WhatsApp»ga hozirça indaşmadi. Messejerni axborot tarqatuvçi emas, balki muloqot qilişda qöllaniluvçi vosita deb baholaşdi. Hozirça...









