Samarqandda ikki ming yillik qozonni qadimiyligini bilmasdan 29 yil rözğorda foydalanib kelingan

Samarqandda ikki ming yillik qozonni qadimiyligini bilmasdan 29 yil rözğorda foydalanib kelingan

Samarqand viloyati Payariq tumanidan miloddan avvalgi II-I asrlarga oid bölgan sak qabilalariga tegişli bronza qozon topildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi maʼlum qildi.

Aniqlanişiça, uşbu qozon 1993 yilda Payariq tumani "Muhammadi" qişloği fuqarosi öşa vaqtda maktabda direktor bölib faoliyat yuritgan Anvar Şoğdorov tomonidan Qaroqçi toği va Teşiktepa arxeologik yodgorligi oraliğidagi adirdan kanal qaziş vaqtida topib olingan. Faqat uni topib olganlar uning noyobligini bilmasdan, uy –rözğor işlarida foydalanib kelişgan. Qozonning balandligi 37 sm, oğiz qismining diametri 52 sm.ni taşkil etadi. Qozon Yettisuv vohasi sak qabilalariga oid bölib, miloddan avvalgi II-I asrlarga oiddir.

"Uşbu hududda bronza qozonlarning aniqlanişi birinçi marotaba emas. Qaroqçi toğining Qöşrabot tumanidan ötgan qismi yon bağrida joylaşgan Sirliboytepadan, Payariq tumanidagi Köktepa arxeologik yodgorligidan ham saklarga oid bronza qozonlar topilgan. Şuningdek, 2017 yilda Kattaqörğon tumanining Oqtov toğlariga tutaş Yilqihaydar qişloğidan ham mahalliy aholi tomonidan topilgan saklarning bronza qozoni muzey-qöriqxonaga topşirilgan",- deyiladi xabarda.

×