Birinçi Prezidentning uzoq yillik hamkori va uning ikki örinbosari davlat töntarişida ayblanyapti

Birinçi Prezidentning uzoq yillik hamkori va uning ikki örinbosari davlat töntarişida ayblanyapti

Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasining (MXQ) sobiq raisi Karim Masimov va uning ikki örinbosariga nisbatan davlatga xiyonat ayblovlaridan taşqari, hokimiyatni zörlik bilan egallab oliş hamda hokimiyat vakolatidan taşqariga çiqiş xatti-harakatlari böyiça tergov-suriştiruv işlari olib borilmoqda. Bu haqda qömita Matbuot xizmati maʼlum qildi.

“Qozoğiston Respublikasi Milliy xavfsizlik qömitasi sobiq MXQ raisi Karim Masimovga nisbatan davlatga xiyonat böyiça sudgaça tergovni davom ettirmoqda. Mazkur holat yuzasidan hokimiyatni zörlik bilan egallab oliş va mansab vakolatlarini suisteʼmol qilişga qaratilgan harakatlar yuzasidan qöşimça tergovga qadar tekşiruvlar boşlab yuborilgan”, deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, mazkur jinoyatlarni sodir etişda gumon qilinib, Karim Masimovdan taşqari, MXQ raisining sobiq örinbosari – “A”, Maxsus maqsadli xizmat bölimi boşliği A.Sadiqulov va MXQ raisi örinbosari D.Yergojinlar ham qölga olingan. Hozirda tergov davom etmoqda.

Teglar:
×