«Özbekneftgaz» AI-80 benzini narxi oşirilmagani va uning 1 litri 6800 sömligiça saqlanib qolayotganini maʼlum qildi. Şuningdek, kompaniya respublika NQIZlarida sutkasiga 4000 tonnadan benzin işlab çiqarilayotgani va avtomobillar uçun bu turdagi yoqilği zaxirasi yetarli ekanini qayd etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda «AI-80 rusumli benzin yöq deb qimmat benzinlarni sotişayotgan ekan» mazmunidagi tarqalgan xabarlar yuzasidan «Özbekneftgaz» rasmiy maʼlumot berdi.
«Hozirgi kunda «Özbekneftgaz» AYOQŞlarida AI-80 rusumli avtobenzinning narxi oşirilmagan va uning 1 litri 6 800 sömligiça saqlanib qolmoqda. Şuningdek, AI-92 markali avtobenzin 9500 sömdan va AI-95 markali avtobenzin 10 500 sömdan sotilmoqda, deyiladi xabarda.
Şu bilan birga, bugungi kunda respublika neftni qayta işlaş zavodlarida sutkasiga 4 000 tonnadan avtobenzin işlab çiqarilib, birja savdolari orqali isteʼmolçilar ehtiyojlari uçun yönaltirilmoqda. Bundan taşqari avtobenzin zaxirasi yetarli ekanligini maʼlum qilamiz, deya qayd etiladi.
Şu bilan birga, xususiy tadbirkorlar tomonidan qöşimça avtobenzin importi amalga oşirilib kelinmoqda. Joriy yil boşidan bir oyda örtaça 10 ming tonna avtobenzin import qilinmoqda.
Bundan taşqari, xom-aşyo importi hajmlarini oşiriş hisobiga avtobenzin işlab çiqariş va birja savdolariga qöyib borilayotgan avtobenzin hajmlarini oşiriş çoralari körilmoqda, deb maʼlum qilindi xabarida.
Maʼlumot uçun, 2 dekabr holatiga köra, birja platformasida AI-80 benzin narxi 7,8 mln sömni taşkil etdi.









