Rossiya Özbekistonga ayrim mahsulotlarni köproq bermoqçi

Rossiya Özbekistonga ayrim mahsulotlarni köproq bermoqçi

Rossiya Özbekistonga kungaboqar yoği, qandolat mahsulotlari va buğdoy eksportini oşirişga tayyor. Bu haqda bugun, 2 dekabr kuni Rossiya Boş vaziri Mixail Mişustin Samarqandda Rossiya va Özbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi qöşma komissiyaning uçinçi yiğilişida aytib ötdi. 

“Biz qişloq xöjaligi sohasida hamkorlik qiliş uçun katta imkoniyatlarni körmoqdamiz”, deydi Rossiya Hukumati raisi.

Uning taʼkidlaşiça, joriy yilning yanvar – oktyabr oylarida özaro qişloq xöjaligi mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlari ayirboşlaş hajmi qariyb 40 foizga oşgan va bir yarim milliard dollarga yaqinlaşgan. 

“Rossiya kungaboqar yoği, qandolat mahsulotlari, buğdoy eksportini köpaytirişga tayyor, boşqa mahsulotlar böyiça ham takliflar bor”, deydi Boş vazir.

Şuningdek, u Rossiya va Özbekiston öz maqsadiga – özaro tovar ayirboşlaşni 10 milliard dollarga yetkazişga erişa olişiga işonç bildirmoqda. 

“Işonçim komilki, biz buni uddalay olamiz. Bu uluğvor maqsadga erişiş uçun yangi turtki beriş, savdo-iqtisodiy hamkorlikning harakatlantiruvçi kuçiga aylanadigan asosiy yönalişlarda barça mavjud resurslardan foydalaniş zarur”, deydi Mişustin. 

Unga köra, Özbekiston Rossiyaning azaliy va işonçli hamkori, ittifoqçisi. Mamlakatlar örtasidagi munosabatlar döstlik, yaxşi qöşniçilik va özaro hurmat tamoyillariga asoslanadi va dunyoda rivojlanayotgan vaziyatga boğliq emas. 

Tor doiradagi uçraşuvda Mişustin tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi muhim masalalarni körib çiqqanini, ular uzoq muddatga möljallangan parametrlarni belgilab berganini maʼlum qildi. 

“Biz barçamiz Rossiya va Özbekiston örtasidagi köp qirrali hamkorlikni izçil rivojlantirişga tayyor ekanligimizga yana bir bor amin böldim”, deydi u. 

Kengaytirilgan tarkibdagi uçraşuvda Rossiya Federatsiyasi hukumati rahbarining taʼkidlaşiça, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni oşiriş böyiça aniq qadamlar muhokama qilinadi. 

“Biz qişloq xöjaligi, yoqilği-yenergetika kompleksi, tibbiyot va taʼlim sohalarida hamkorlikni kengaytirişga alohida eʼtibor qaratamiz”, deydi Rossiya hukumati rahbari. 


×