Mahkumlar mahsulotlarni onlayn xarid qilişi mumkin böladi

Mahkumlar mahsulotlarni onlayn xarid qilişi mumkin böladi

Özbekistonda ozodlikdan mahrum qiliş jazosini ötayotgan mahkumlarga ruxsat etilgan mahsulot va buyumlarni onlayn xarid qiliş imkoniyatini yaratiş taklif etilmoqda. Bu Içki işlar vazirligi tomonidan işlab çiqilgan jazoni ijro etiş muassasalarining içki tartib qoidalariga özgartiriş kiritiş haqidagi buyruq loyihasida nazarda tutilgan.

Loyihaga köra, mahkumlar va ularning yaqinlari ruxsat etilgan mahsulotlarni jazoni ijro etiş muassasasi içidagi infokiosklar, şuningdek, muassasa taşqarisidagi sayt yoki mobil ilova orqali onlayn sotib olişi mumkin böladi. Anʼanaviy tarzda posilka va yöqlov qabul qiliş imkoniyati ham saqlanib qoladi.

Belgilangan miqdordan ortiq, ammo taqiqlanmagan buyumlar muassasa omborida saqlanadi. Zarur hollarda ular mahkumning arizasi asosida beriladi. Mahsulotlarning ruxsat etilgan turi hamda qadoqlaş talablariga rioya etilişi jazoni ijro etiş muassasasi tomonidan nazorat qilinadi.

Hujjat bilan mahkumlar sotib olişi va yonida saqlaşi taqiqlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari, şaxsiy gigiyena vositalari, kiyim-keçak, xöjalik va kantselyariya buyumlari hamda boşqa kundalik ehtiyoj mahsulotlarining yangilangan röyxatini tasdiqlaş nazarda tutilgan.

Röyxatga, şuningdek, ruxsat etilgan adabiyotlar, darsliklar, gazeta va jurnallar, diniy adabiyot va ibodat buyumlari, sport hamda stol öyinlari, şaxsiy xatlar va fotosuratlar kabi buyumlar ham kiritilgan. Ayrim mahsulotlarga sanitariya va gigiyena talablaridan kelib çiqib mavsumiy çeklovlar örnatilişi mumkin.

Yana bir muhim özgarişga köra, manzil-koloniyalarda jazo ötayotgan mahkumlarga mahsulot sotib oliş va ularni yonida saqlaş böyiça vazn hamda miqdor çeklovlari — oylik limitlar tatbiq etilmaydi.

Loyiha Vazirlar Mahkamasining jazoni ijro etiş tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etişga oid qarori asosida işlab çiqilgan.

Hujjat Boş prokuratura, Oliy sud, Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi bilan kelişilgan. Buyruq qabul qilinsa, rasmiy eʼlon qilingan kundan kuçga kiradi.


×