[:uz]Namanganga noqonuniy olib kirilgan milliard sömdan ziyod smartfonlar foş etildi[:]

[:uz]Namanganga noqonuniy olib kirilgan milliard sömdan ziyod smartfonlar foş etildi[:]
[:uz]Namangan viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş bölimi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Namangan viloyati boşqarmasi hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida Namangan hududiga 1 milliard 100 million 102 ming söm qiymatdagi uyali aloqa telefon apparatlari noqonuniy tarzda olib kirilgani aniqlandi. Bu haqida “Namangan24.uz” saytiga viloyat bojxona boşqarmasi axborot xizmati xabar berdi. Namangan şahrida istiqomat qiluvçi fuqaro A. A. ning xonadoni belgilangan tartibda va xolislar iştirokida közdan keçirildi. Buning natijasida uning hovlisidagi “Cobalt” va “Nexia-3” rusumli avtomobillari saloni va yukxonasida çet elda işlab çiqarilgan, heç qanday hujjatlari bölmagan qöl telefonlari borligi aniqlandi. Manbaning aytişiça, 867 dona bölgan “Redmi” va “Huawei” rusumli uşbu smartfonlarning umumiy narxi 1 milliard 100 million 102 ming sömga teng ekan. Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan bojxona tekşiruvlari davom ettirilmoqda. © namangan24.uz[:]
×