Davlatim, siyosatim qaysi pozitsiyada bölsa, men ham vazir sifatida aynan öşa pozitsiyani qöllab-quvvatlayman. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov jurnalistning Ukrainadagi vaziyatga pozitsiyasi qanday ekani haqidagi savoliga javob berarkan aytib ötdi. OAV xodimlari bilan muloqot keça, 10 noyabr kuni Samarqandda bölib ötgan. Şuningdek, Madaniyat vaziri Ukraina va Rossiya uruş holatida bölgan bir vaqtda nega Rossiya estradasi yulduzlari bot-bot Toşkentda kontsert berayotganini ham izohlagan.
“Özbekistonning pozitsiyasi maʼlum. Şuning uçun biz har ikki tarafning ham xohiş-istaklarini na qöllaş va na qoralaş pozitsiyasida turibmiz.
Rossiyalik sanʼatkorlar bugun kelib qolgani yöq, Mustaqil bölibmizki, har yili juda ham maşhur sanʼatkorlar keladi. Ularning özbekistonlik muxlislari borligini eʼtirof etamiz, yaʼni bozori borligi uçun ular kelyapti, agar bu yerda talab bölmasa kelmas edi. Ularni xalqimiz yaxşi köradi, lekin mana şu holatlarda ular özlarini siyosiy pozitsiyalarini bu yerda eʼlon yoki tarğib qilişlariga, tabiiyki, biz yöl qöyayotganimiz yöq, yöl qöymaymiz ham. Bunaqa holatlar ham böldi, buning uçun öz munosabatlarimizni bildirdik va öz qarorimizni qabul qildik. Bu masalaga şunçaki qöl siltab ketayotgan joyimiz yöq. Bu bizga dars böldi. Bundan keyin nafaqat Rossiya, balki Yevropadan kelişi mumkin bölgan sanʼatkorlarga ham siyosiy mojarolarni bu yerda hal qilmaslik masalasini qöyyapmiz. Har qanaqa siyosiy mojaro bölmasin u bizni yurtimizga daxlsiz bölişi kerak”, deydi Madaniyat vaziri.
Nazarbekovdan “Ozodlik” radiosi muxbiri Ukrainadagi vaziyat böyiça şaxsiy pozitsiyasini ham söragan.
“Vazir sifatidagi pozitsiyamni aytib böldim. Agar şaxsiy fikrimni söraydigan bölsangiz, buni uyga kelganingizda quloğingizga aytib beraman”, degan Nazarbekov.









