Safoyev Özbekistonning Qoraboğdagi töqnaşuvlar böyiça pozitsiyasini oçiqladi

Safoyev Özbekistonning Qoraboğdagi töqnaşuvlar böyiça pozitsiyasini oçiqladi

Özbekiston Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini tiklaş borasidagi qatʼiyatini olqişlaydi. Bu haqda BMT Boş Assambleyasining 78-sessiyasida iştirok etiş uçun Nyu-Yorkda bölib turgan Oliy Majlis Senati raisining birinçi örinbosari, sobiq taşqi işlar vaziri Sodiq Safoyev Ozarbayjonning “Report” axborot agentligiga bergan intervyusida maʼlum qildi. 

Uning sözlariga köra, ayni damda Özbekiston-Ozarbayjon munosabatlari oltin davrni boşidan keçirmoqda. 

“Bugun Ozarbayjon va Özbekiston örtasidagi aloqalar balki tarixda misli körilmagan darajadadir. Ötgan yili Prezident Ilhom Aliyev Özbekistonga uç marta taşrif buyurgan edi. Adaşmasam. Bu birinçi marta sodir böldi. Bugun biz siyosiy muloqotni, şçzaro tuşunişni, iqtisodiy aloqalarni tobora kuçaytirmoqdamiz. Özbekiston Prezidentining Ozarbayjonga sönggi ikki taşrifi çoğida Fuzuliy şahrida maktab oçilganidan juda xursandman va u yerda allaqaçon birinçi öquvçilar taʼlimni boşladi. Men ham davlat rahbariga "uşbu taşrif doirasida hamrohlik qildim. Bir tomondan Armaniston 30 yil içida vayron qilgan şaharlar, qişloqlar va aholi punktlarini, ikkinçi tomondan Ozarbayjonning qisqa vaqt içida qayta tiklagan Qoraboğini kördik. Viloyat jonlanayotganidan juda xursand böldik”, deydi Sodiq Safoyev. 

Senat raisining birinçi örinbosari Özbekiston har doim Ozarbayjonning qonuniy kuraşiga nisbatan öz pozitsiyasini aniq bayon qilganini taʼkidlab ötdi. 

“Ozarbayjonning barça sohalarda, ayniqsa, hududiy yaxlitlik va adolatni tiklaş borasida erişayotgan yutuqlaridan mamnunmiz. Biz Ozarbayjonni adolatli kuraşida qöllab-quvvatlaymiz va barça qiyinçiliklarga qaramay, Ozarbayjon hukumati va xalqining hududiy yaxlitligini tiklaş va himoya qiliş borasidagi qatʼiyatini olqişlaymiz. Işonçim komilki, Ozarbayjon yaqinda Qoraboğni dunyoning eng jannatmakon göşalaridan biriga aylantiradi va Şuşa quçoğini oçib, uning gözalligidan bahramand bölişlari uçun butun dunyodan mehmonlarni kutib oladi”, deydi Safoyev.

Maʼlumot uçun, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev joriy yilning 22-23 avgust kunlari davlat taşrifi bilan Ozarbayjonda bölib, 30 yillik arman istilosidan ozod qilingan Qoraboğ viloyatiga bordi. Davlat rahbarlari Fuzuliyda bölib, u yerda Özbekiston kömagi bilan qurilgan Mirzo Uluğbek nomidagi maktabning oçiliş marosimida iştirok etdilar. 

Eslatib ötamiz, oldinroq Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Qoraboğda “Ozarbayjon Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini tiklaş maqsadida” mahalliy aksilterror çoralari boşlanganini eʼlon qilgandi. Baku tinç aholi va fuqarolik infratuzilmasi nişon emasligini taʼkidlagandi. Keyinçalik Ozarbayjon Mudofaa vazirligi xavfli hududdan aholini evakuatsiya qiliş uçun gumanitar yölaklar va qabul punktlari yaratilganini bildirgan. Voqealar fonida Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan Xavfsizlik kengaşi yiğilişini ötkazib, (tan olinmagan) Toğli Qoraboğdagi vaziyatni muhokama qilgan. Majlisdan söng, Paşinyan Armaniston Ozarbayjonning Qoraboğ hududidagi harbiy amaliyotlarda qatnaşişni rejalaştirmayotganini maʼlum qildi. Frantsiya esa BMT Xavfsizlik kengaşining Toğli Qoraboğdagi vaziyat böyiça favqulodda yiğilişini talab qildi. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan BMT Boş Assambleyasining 78-sessiyasida Ozarbayjonning (tan olinmagan) Toğli Qoraboğdagi harakatlarini qöllab-quvvatlaşini bildirdi. 

AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan bilan telefon orqali muloqot qilib, tomonlarni muzokaralar stoliga çaqirdi. 20 sentyabrga kelib Ozarbayjon Mudofaa vazirligi maʼlum şartlari asosida aksilterror harakatlari töxtatilganini eʼlon qildi. 


×