16 oktyabr kuni Farğonadagi bozorda öğrilik qilmoqçi bölgan 14 yoşli ösmir qölga olinib, Qöqon şahar IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markaziga joylaştirildi. Ertasi kuni u şifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etdi. Ösmirni markazdagi tengdoşlari kaltaklagani aytilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Farğona viloyatining Qöqon şahridagi IIB binosidan 14 yoşli ösmir murdasi çiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan bayonot berdi.
Maʼlum qilinişiça, Uçköprik tumani Sulton MFYda yaşagan 2007 yilda tuğilgan R.A. 16 oktyabr kuni Buvayda tumani Yangiqörğon qişloğida joylaşgan «Ansor» savdo majmuasida öğrilik qilmoqçi bölgan. IIB xodimlari uni qölga olganidan söng, Qöqon şahridagi viloyat IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markaziga joylaştirgan.
«17 oktyabr kun voyaga yetmagan R.A. ning soğliği yomonlaşib, huşidan ketganligi sababli şahar tez-tibbiy yordam xodimlari çaqirilib, unga yordam körsatilişiga qaramasdan, şifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan», — deyiladi xabarda.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga köra, marhumning ölimiga «boş miya kalla yopiq şikasti, miya qattiq parda ostiga qon quyilişi, boş miya moddasining lat yeyişi» sabab bölganligi körsatilgan.
YouTube`dagi kanal muallifi Olimjon Xaydarov 19 noyabr kuni 15 yoşga töladigan ösmir savdo dökonlarining birida 16700 sömlik mahsulot xarid qilib, pulini tölamay çiqib ketganini aytdi. Uning sözlariga köra, şundan söng bola Qöqon şahar IIBning uzoq vaqtdan beri jinoyat sodir etib kelgan bir neça ösmirlar ham bölgan Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markaziga joylaştirilgan. Qayd etilişiça, bir guruh ösmirlar uni kaltaklagan va mazah qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qöqon şahar prokuraturasi tomonidan 18 oktyabr kuni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (Jabrlanuvçining ölimiga sabab bölgan oğir tan jarohati yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatildi.
Tergov harakatlari davomida, jinoyatga bevosita aloqador ikki nafar şaxsga nisbatan ayblov eʼlon qilinib, «qamoq» ehtiyot çorasi qöllanildi.
Şuningdek, holat yuzasidan IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markazi xodimlariga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlandi.









