Namanganda Damas urib ketişi oqibatida 12 yoşli qiz vafot etdi

Namanganda Damas urib ketişi oqibatida 12 yoşli qiz vafot etdi

Namangan viloyati Uyçi tumanida Damas 12 yoşli qizni urib yubordi, deya xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Qayd etilişiça, 2021 yil 9 avgust kuni soat 13:30 larda Uyçi tumani «Şaftoli» MFY hududida 1987 yilda tuğilgan fuqaro Damas rusumli avtomaşinasini boşqarib borayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, yölni kesib ötayotgan piyoda, Uyçi tumanida ota-onasi qaramoğida yaşagan, tumandagi maktabning 4-sinfida öqigan, 2009 yilda tuğilgan qizni urib yuborgan.

Oqibatda piyoda olgan tan jarohati sababli şifoxonada vafot etgan.

Uşbu holat böyiça Uyçi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 16 avgust kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam ölimiga sabab bölgan transport boşqariş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

×