AQŞ Özbekistonga 2,8 mln dollarlik harbiy texnika sovğa qildi

AQŞ Özbekistonga 2,8 mln dollarlik harbiy texnika sovğa qildi

AQŞ Qurolli Kuçlari Markaziy qömondonligi qömondonining örinbosari general-mayor Vendul Xagler Özbekiston Mudofaa vazirligi Maxsus operatsiyalar kuçlariga 50 dona Polaris MRZR yengil-taktik jangovar avtomaşinalarini sovğa qildi. Bu haqda AQŞning Özbekistondagi elçixonasi xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, Özbekiston Mudofaa vazirligi Maxsus tezkor qöşinlar boşqarmasi boşliği maxsus tezkor qöşinlar nomidan texnikalarni qabul qilib olgan. 

"Uskunalar AQŞ Mudofaa vazirligining “Hamkorlar salohiyatini oşiriş” dasturi doirasida taqdim etilgan. Avtomobillar 2,8 million dollarga baholangan va Amerikaning Özbekistonga hadya qilingan mudofaa mahsulotlarining bir qismidir", deyiladi xabarda.

Harbiy texnikalarni topşiriş marosimida Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrugi qömondonligi, Özbekiston, AQŞ Markaziy qömondonligi quruqlikdagi qöşinlari hamda AQŞning Toşkentdagi elçixonasi vakillari iştirok etgan.


×