Ijtimoiy tarmoqlarda Qozoğiston Ukrainaga harbiy texnika jönatgani haqida xabarlar paydo böldi. Rasmiy Ostona bu gaplar haqiqatdan yiroq ekanini maʼlum qildi. Bu haqda Qozoğiston Mudofaa vazirligining bugun, 27 fevral kuni tarqatgan bayonotida söz borgan.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda temir yöl orqali bronetransportyorlar va yuk maşinalari taşilişi tasvirlangan video paydo bölgan edi. Video mualliflarining taʼkidlaşiça, tasvir Olmaotada olingan va Ğarb mablağlari hisobidan xarid qilingan harbiy texnikalar Ukrainaga yuborilayotgani aytilgan.
"Ijtimoiy tarmoqlarda Qozoğiston harbiy texnikasi Ukrainaga jönatilgani haqidagi maʼlumotlar haqiqatga töğri kelmaydi. Video arxivdan olingan, çunki zirhli texnikalar rejali taʼmirlaşga jönatilgan, harbiy texnika esa hozirda omborda", deyiladi xabarda.
Vazirlik, şuningdek, Qozoğiston 2022 yil 27 avgustdan boşlab qurol-yaroğ va harbiy texnikani eksport qilişni taqiqlaganini eslatdi.









