“Uylanamiz” qöşiği uçun 140 million söm jarima undiriladi

“Uylanamiz” qöşiği uçun 140 million söm jarima undiriladi

Şoir Erkin Yöldoş öz qalamiga mansub bölgan “Uylanamiz” nomli şeʼrdan mualliflik huquqlariga zid ravişda foydalangan xonanda Mirodil Hakimov ustidan sudga kiritgan daʼvo arizasi qanoatlantirildi va xonandadan jami 140 million söm undirilişi belgilandi. Bu haqda Andijon viloyat Adliya boşqarmasi xabar bermoqda.

Unga köra, “Uylanamiz” qöşiği şeʼrining muallifi – farğonalik şoir Erkin Yöldoş joriy yilning sentabr oyida fuqarolik işlari böyiça Andijon tumanlararo sudiga mualliflik huquqlari buzilgani uçun xonanda Mirodil Hakimovdan tovon puli va maʼnaviy zarar undiriş haqida daʼvo arizasi kiritgan.

Mazkur daʼvo arizasi böyiça fuqarolik işi qözğatilib, sud majlisi 2022 yil 7 oktyabrga tayinlangan. 7 oktyabr kuni sud majlisiga daʼvogarning işonçli vakili kelgan, biroq, javobgar kelmagani sababli sud majlisi 12 oktyabrga qoldirilgan. 12 oktyabr kuni sud majlisiga taraflar kelgan va ulardan körsatmalar olingan. Javobgar ularga nizoni tinç yöl bilan hal qiliş uçun muddat berişni söragan va daʼvogar tomoni norozi bölmagani sababli sud majlisi 19 oktyabrga qoldirilgan. Biroq, javobgar belgilangan kunida sud majlisiga kelmaganligi sababli sud fuqarolik işini Fuqarolik protsessual Kodeksining 220-moddasiga köra, javobgarning iştirokisiz körib çiqişni lozim topgan.

Sudning hal qiluv qarori bilan daʼvo arizasi qisman qanoatlantirilib, Mirodil Hakimovdan daʼvogar Erkin Yöldoş (Doripov)ga 50 million söm maʼnaviy zarar uçun kompensatsiya, bazaviy hisoblaş miqdorining 300 barobari miqdorida (90 million söm) yetkazilgan zarar hisobiga, jami 140 million söm tovon puli undiriş belgilangan. Bundan taşqari, javobgarning zimmasiga “Uylanamiz” şeʼridan muallifning roziligisiz foydalanmaslik majburiyati yuklatilgan.

Eslatib ötamiz, özbekistonlik sanʼatkorlar orasida mualliflik huquqi bilan boğliq bölgan eng katta jarimani Yulduz Usmonova tölagan. “Xasta bölma” nomli qöşiq uçun xonanda Usmonovadan şeʼr muallifi şoir Yölçi Röziyev foydasiga 185 million söm undirilgan.

Manba: Qalampir.uz

×