Özbekistonda transport vositalari haydovçilarining belgilangan harakat tezligini oşirib yuborişi uçun jarimani kamaytiriş taklif qilinyapti. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Keça, 22 sentyabr kuni “Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonuni loyihasi Özbekiston Xalq demokratik partiyasi fraktsiyasi yiğilişida muhokama qilingan.
Qonun loyihasida fuqarolarning eʼtirozlariga sabab bölayotgan ayrim huquqbuzarliklar uçun jarmalar miqdori pasaytirilişi belgilangan. Biroq, XDP deputatlari qöşimça taklif bildirgan.
Jumladan, loyihada Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 128-3-moddasi (Transport vositalari haydovçilarining belgilangan harakat tezligini oşirib yuborişi) ikkinçi qismi sanktsiyasidagi jarima miqdorini bazaviy hisoblaş miqdorining uç baravari (hozirda 5 baravar) qilib belgilaş böyiça taklif bildirilgan.
Şuningdek, jarimalar aholining real daromadlaridan kelib çiqib belgilanişi böyiça yana bir qator takliflar ilgari surilgan.









