Birlaşgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabida bölib ötayotgan UFC 257 turnirida özbekistonlik Mahmud Murodov oktagonga kötarildi. Murodovning jangi keçaning asosiy kardida bölib ötdi.
Mahmud Murodovga uşbu jangda amerikalik Endryu Sançes raqiblik qildi. Murodov bahsning 3-raundida raqibini texnik nokautga uçratib, ğalaba qozondi.
Sportçi jang söngida ğalabani Özbekiston uçun bağişlab, uni qöllab-quvvatlagan Özbekiston MMA federatsiyasi prezidenti Otabek Umarovga minnatdorlik bildirdi.
Uşbu ğalaba Mahmud Murodovning UFC’dagi uçinçi ğalabasi hisoblanadi. Özbekistonlik sportçi UFC’da hali mağlubiyat yoki durang qayd etgani yöq: 3 ta jang, 3 ğalaba.









