Ikki vazn toifasida UFC sobiq çempioni Konor Makgregor amerikalik boksçi Floyd Meyvezerga qarşi ehtimoliy revanş jangida raqibini mağlub etişiga işonçi komil ekanini aytdi.
Eslatib ötamiz, 2017 yilning avgustida Meyvezer boks qoidalari böyiça ötgan jangda Makgregorni mağlub etgandi. Avvalroq afsonaviy boksçi Mayk Tayson irlandiyalik sportçining öşa jangdagi harakatlarini maqtagandi.
«Rahmat, Mayk. Şunçaki bilib qöy, Floydning uslubini bilgan va maktabdagi boks böyiça murabbiyim bilan maşğulotlardan kelib çiqqan holda, bu boşqotirmaning javobini topdim. Men bölib ötişi muqarrar bölgan revanş jangida Floydni kaltaklayman! Hayotimni örtaga qöyib qasam içaman», — deya yozadi Makgregor.
Eslatib ötamiz, Makgregor özining sönggi jangini 2020 yilning yanvar oyidagi UFC 246 musobaqasida Donald Serroneni 40 soniya içida nokautga uçratgandi.









