Mintaqadagi notinç vaziyat tufayli Ukrainaning anneksiya qilingan Xerson viloyati hududiga tinç aholining kirişi yetti kunga çeklandi. Bu haqda “Rossiya-24” telekanaliga viloyatning okkupatsion hukumati rahbari vazifasini bajaruvçi Vladimir Saldo maʼlum qildi.
“Agar jang boşlansa, artilleriyadan öq uziladi. Ular şaharni bombardimon qiladilar, yaxşisi, odamlarni şahardan çiqarib yuboring, biz hozir şunday qilyapmiz. Bu işlarni yanada soddalaştiriş uçun Xerson viloyati hududiga tinç aholining kirişi yetti kunga yopildi”, deydi u.
Saldoning taʼkidlaşiça, faqat komendatura tomonidan ruxsatnoma berilgan şaxslar hududga kirişlari mumkin.
"Bular kommunal xizmatlarni taʼminlaş bilan şuğullanuvçi taşkilotlar hamda kommunal xizmatlarda işlaydiganlar", deya qöşimça qilgan u.
Şuningdek, Saldo Dneprning öng qirğoğidan tinç aholini evakuatsiya qiliş jarayonini tezlaştiriş uçun paromlar siğimini oşiriş böyiça işlar olib borilayotganini taʼkidlagan.
“Odamlarni taşiş mumkin bölgan qayiqlar yiğilmoqda. Bugun ertalabdan boşlab odamlar şahardagi yiğiş punktlariga ketişdi. Bular daryo portlaridir. Bugun biz odamlar borişi mumkin bölgan yana bir neçta punktlarni qöşamiz", deydi viloyat gubernatori vazifasini bajaruvçi.
Saldoning sözlariga köra, Xersondagi barça hokimiyat idoralari allaqaçon Dneprning çap qirğoğiga ötişgan.
“Bugungi kunda şahardagi barça kuç tuzilmalari – harbiy-fuqarolik boşqarmasi, barça idoralar, vazirliklar ham çap qirğoqqa ötmoqda. Uşbu davr uçun boşqaruv çap qirğoqdan amalga oşiriladi", deydi u.
Maʼlumotlarga köra, dengiz sohilidagi dam oliş uylari Xerson aholisini şahardan çiqib ketiş vaqtida joylaştiriş uçun tayyorlangan.
“Odamlarni qayerga joylaştirişda aniq reja bor. Bizda Azov va Qora dengiz sohillarida joylaşgan dam oliş maskanlari, pansionatlar, dam oliş uylari, mehmonxonalar tizimi juda keng. Şuning uçun odamlarni u yerga joylaştiriş mumkin, hozir hamma narsa tayyorlandi”, deydi u.
Şu bilan birga, u birinçi navbatda, bolalar va ularning ota-onalari ketişlari uçun şart-şaroitlar yaratilayotganini aytgan.
Vladimir Saldo Xersonda agar hujumlar tufayli himoya tösiği buzilgan taqdirda aholi u yerdan darhol olib çiqilişini maʼlum qilgan.
Manba: Qalampir.uz









