"PUBG" da vaziyat jiddiy. Öyin keskin tus olmoqda...

"PUBG" da vaziyat jiddiy. Öyin keskin tus olmoqda...

Hindiston hukumati ötgan haftada Xitoy hukumati bilan ziddiyat natijasida, mamlakatda 100 dan ortiq ilovani taqiqlayotganini eʼlon qilgan yedi.

Ilovalar orasida maşhur PlayerUnknownʼs Battlegrounds öyinining smartfonlarga möljallangan – PUBG Mobile öyini ham taqiqlandi.

Mahalliy naşrlarning xabar berişiça, Ğarbiy Bengaliya ştatidagi Nadiya tumanida yaşovçi 21 yoşli talaba ayni şu öyin sababli özini öldirgan. Onasining aytişiça, Pritam Halder (Pritam Halder) ismli bu yigit 4 sentyabr kuni nonuştadan keyin öz xonasiga qamalib, eşikni içkaridan qulflab olgan. Uzoq vaqt çiqmaganidan va çaqiruvlarga javob bermayotganidan xavotirlanib, eşigini buzib kirişsa, u xonaning şiftidagi ventilyatorga özini osgan ekan. Marhumning ota-onasi bilan bölgan suhbatdan söng politsiya ham uning PUBG Mobile öynay olmagani uçun öz joniga qasd qilganini qayd etgan.

PUBG taqiqining yana bir qurboni esa Ahmadobodning Anand tumanidagi qişloqlardan birida yaşovçi 16 yaşar ösmir bölgan. U doimo faqat PUBG Mobile öynab, smartfonidan boş kötarmay ötiravergaç, maktab öqituvçisi bölgan otasi uning qölidan telefonini olib qöygan. Bola otasi bilan janjallaşib, söng uyda saqlanayotgan pestitsiddan içib özini zaharlagan. Ota-onasi uni kasalxonaga olib kelişgan, biroq şifokorlar uning hayotini saqlab qola olişmadi.

Manba: Effect.uz

×